“Manchester Siti” 38 yildan beri birinchi marotaba Angliya liga Kubogi finaliga chiqdi
22 jan 2014 10:34
Yangiliklar


“Manchester Siti” 38 yildan beri birinchi marotaba Angliya liga Kubogi finaliga chiqdi
“Manchester Siti” Angliya liga Kubogi yarim finali diorasida bo'lib o'tgan javob o'yinida “Vest Xem” ustidan g'alabaga erishdi (3:0).
SHunday qilib, “Manchester Siti” 38 yildan beri birinchi marotaba Angliya liga Kubogi finaliga yo'l oldi. 1976-yili “shaharliklar” “Nyukasl”ni mag'lub o'tishgandi (2:1).
“Manchester Siti” “Vest Xem”ni ikkala o'yin natijasiga ko'ra 9:0 hisobida mag'lub etdi, bu esa Angliya liga Kubogi yarim finali uchun rekord hisoblanadi.
Final bahsida “shaharliklar”ning raqibi “Manchester Yunayted” yoki “Sanderlend” bo'lishi mumkin.

Fikrlar