"Manchester Siti" 32 yoshli himoyachi uchun kurashadi
01 iyu 2019 19:55
Yangiliklar


"Manchester Siti" 32 yoshli himoyachi uchun kurashadi
"Manchester Siti" "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"The Sun" xabariga ko'ra, Angliya jamoasi uni Vensan Kompanining o'rnida o'ynatmoqchi. Manchesterliklar ayni damda "Lester"dan Garri Maguayrnig transferini eplay olishmayapti.
SHuningdek, Mauricio Sarri ham ayni damda unga ishonch bildirmayapti va u jamoani tark etishni istamoqda.
O'tgan mavsumda Bonuchchi "Yuventus" tarkibida 41 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar