Manba: Pedri uchun "Evro" yakunlandi
05 iyu 22:57
Yangiliklar
Germaniyaga qarshi chorak final o'yinida Toni Kroos ishlatgan qo'pollikdan keyin jarohat olgan Pedri uchun Evropa chempionati yakunlandi. Bu haqda As xabar berdi. Birinchi tekshiruvlardan keyin futbolchining jarohati jiddiy bo'lib chiqqan.
CHuqurlashtirilgan tekshiruvlar keyinroq o'tkaziladi, ammo shifokorlarning aytishiga, Pedri uchun Evropa chempionati muddatidan oldin yakunlandi.
Malumot uchun, Pedri "Evro"da to'rtta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli pas berdi.
Fikrlar