Manba: "Bavariya" va "Barsa" qiziqish bildirgan Unai Emeri "Aston Villa" bilan hamkorlikni davom ettiradi
23 apr 15:59
Yangiliklar
Manba: "Bavariya" va "Barsa" qiziqish bildirgan Unai Emeri "Aston Villa" bilan hamkorlikni davom ettiradi
"Aston Villa" bosh murabbiy Unai Emeri jamoadagi holatidan mamnun.
Ispaniyalik mutaxassis "Aston Villa" bilan muzokaralar olib borishga va 2027 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekishga rozi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn birinchilardan bo'lib xabar berdi.
Klub rahbariyati 52 yoshli murabbiyda ser Aleks Fergyuson siymosini ko'rmoqda.
Avvalroq unga "Bavariya" va "Barselona" tomonidan jiddiy qiziqish bo'layotgani haqida malumotlar tarqalgan edi.
Fikrlar