“Man Siti”da koronavirus bilan bog'liq yangi holatlar aniqlandi
03 jan 2021 20:02
Yangiliklar


“Man Siti”da koronavirus bilan bog'liq yangi holatlar aniqlandi
Sky Sports xabar berishicha, “shaharliklar” himoyachisi Erik Garsiya va klub xodimida COVID-19'ga topshirgan test tahlillari ijobiy natija berdi.
Ular 10 kunlik karantinga olindi. Avvalroq, hujumchi Gabriel Jezus, himoyachi Kayl Uoker, shuningdek, nomi oshkor qilinmagan uch futbolchi va klubning 2 xodimida ham virus aniqlangandi. SHu tufayli APL 16-turiga belgilangan “Everton" – “Man Siti” o'rtasidagi bahs qoldirgan edi.
Pep Gvardiola shogirdlari bugun chempionat doirasida “CHelsi” bilan uchrashishi kerak. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Chelsea Callum Hudson-Odoi - 90' |
Premier League . 17-tur 03/01/2021, 21:30 3
:
1
Tugadi
|
Manchester City Ilkay Gundogan - 18', Phil Foden - 21', Kevin De Bruyne - 34' |
Stadion: Stamford Bridge, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar