So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Mamatkazin, Xolmurodov va yana ikki nafar futbolchimiz Bangladeshga yo'l oldi Yangiliklar

Mamatkazin, Xolmurodov va yana ikki nafar futbolchimiz Bangladeshga yo'l oldi

O'zbekistonlik futbolchilarning Bangladesh chempionatiga ko'chib o'tishi oxirgi vaqtlarda urfga aylanib bormoqda.

Yaqinda yana to'rt nafar hamyurtimiz Bangladeshga yo'l oldi. Tajribali himoyachi Ildar Mamatkazin bir yillik tanaffusdan keyin yana katta futbolga qaytdi va faoliyatini xorijda davom ettirishga qaror qildi. Andijonlik futbolchi 2020 yilgi mavsumda O'zbekistonning hech bir jamoasida ko'rinish bermagandi. Yaqinda u "Arambax" klubi bilan shartnoma tuzdi.

SHuningdek Mamatkazin bilan birga Xolmurod Xolmurodov, Dilshod Nazirov hamda Islomjon Abduqodirov ham "Arambax" jamoasiga o'tdi.

Malumot uchun Bangladesh chempionatida 13 ta jamoa ishtirok etadi. "Arambax" 12-turdan so'ng turnir jadvalida autsayder bo'lib turibdi.

Yana bir malumot Bangladesh chempionatining ikkinchi davra o'yinlariga 9 apreldan start berilishi rejalashtirilgandi. Ammo bu davlatda karantin 5 apreldan kuchaygani sababli, chempionatning ikkinchi qismi hozircha boshlanmasdan turibdi. SHu sababli yangi borib qo'shilgan to'rt nafar legionerlarimiz debyut uchrashuvini o'tkazishmadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика