So’nggi yangiliklar

07:15МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   42 03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  4 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда ПСЖга мағлуб бўлди  71 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  59 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  16 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  1 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  13 22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  23 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  2 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  15 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  15 20:03Расман: Тимур Кападзе - Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  262

Mallasochga aylanish operaciyasi Yangiliklar

Mallasochga aylanish operaciyasi

Teglar :  Lionel Messi
Xabaringiz bordir, Argentina terma jamoasi va Barselona klubi hujumchisi Lionel Messi yaqindagina imidji, yani tashqi qiyofasini o'zgartirishni lozim topdi.

Ehtimol, u oxirgi omadsizliklar (xususan, Amerika kubogi finalida penaltilar seriyasida gol urolmay, terma jamoa bilan sovrin yutish imkoniyatidan yana foydalanolmadi) tasirida shunday yo'l tutgandir. Umuman, Leo sochini oq-sarg'ish rangga bo'yagan yagona futbolchi emas. Boshqacha aytsak, imidjni shu tariqa o'zgartirish futbol yulduzlari orasida o'ziga xos urf hisoblanadi. Marhamat, faqat oxirgi vaqtlarda mallasochga aylangan yigitlar bilan tanishib, zamonaviy futbolda sariq rang juda qadrlanishiga iqror bo'lishingiz mumkin.

Fyodor Smolov


Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fyodor Smolov o'z sochini oq-malla rangga bo'yab, katta shov-shuv ko'tardi. Biroq jamoatchilikning munosabati nisbatan salbiy bo'ldi. Ayniqsa, Roman SHirokov baho berishni paysalga solmadi va hazil ohangida Smolovni tannoz yigitga chiqardi-qo'ydi. Umuman Fyodor bu kabi tanqidiy qarashlarning barchasini yuzida tabassum bilan o'tkazib yubordi, biroq otasi sochini asl holiga qaytarishi zarurligini tayinlaganida, shunchaki, ko'ndi. Qisqasi, imidjini o'zgartirib xato qilganini tushundi, shekilli.

Aaron Remzi

Aaron Remsi Evropa chempionati-2016 oldidan sof mallasochga aylandi. Uelslik yarim himoyachi shuning barobarida soqolini tabiiy rangida qoldirdi. Nega? SHunchaki, soch va soqolim rangi o'zaro uyg'unlashib, yanada dahshatli ko'rinishini istadim, - deya izoh berdi Remzining o'zi. Endi malum bo'ldiki, Aaronning yangi qiyofasi kutilgan effektni berdi. Axir kamtarin Uels terma jamoasi Evro-2016 yakunida bronza medalini yutdi, Remzi esa bu yutuqqa mazmunli o'yini va bitta goli bilan munosib ulush qo'shdi.

Neymar

Barselona yulduzi - Neymar deylik, Aaron Remzining mutlaqo aksi. CHunonchi braziliyalik futbolchi faqat soqolini bo'yab, sochiga teginmadi. Neymar Rojdestvo arafasida Santa-Klaus qiyofasiga kirish maqsadida shunday qildi, chog'i. To'g'ri, u sochini ham malla tusga olib kirgan, biroq oldinroq. Eslasangiz, Neymar o'z yurtida o'tgan jahon chempionatini mallasoch sifatida qarshi olgandi.

Dani Alvesh

JCH-2014da Neymardan tashqari, uning jamoadoshi Dani Alvesh ham aynan sarg'ish soch turmagini tanladi. Aniqroq aytsak, himoyachi hujumchidan farqli o'laroq, bu ishga guruh bosqichi 2-turi oldidan qo'l urdi. Xullas, Dani Alvesh Meksika termasiga qarshi bahsga yangi imidjda tushdi.

Maruan Fellayni

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maruan Fellayni ham aynan Evropa chempionati munosabati bilan sochiga boshqacha tus bag'ishladi. Manchester Yunayted aslida afro uslubidagi katta va qop-qora soch turmagiga moyil, Franciyada ham jingalak sochini kaltaytirgani yo'q. Biroq yangi uslub - oq afroni kashf etdi. Umuman, belgiyalik futbolchi tanlagan rangni to'g'ri anglatadigan ibora jahon enciklopediyasida ham bo'lmasa kerak.

Antuan Grizmann

Evro-2016da Franciya terma jamoasi bosh yulduzi maqomini olgan Antuan Grizmann uchun boshidagi tuklarga turlicha jilo berish odatiy yumush hisoblanadi. Aytishlaricha, hujumchi o'z soch turmagini bo'yashni 7 yoshidayoq boshlagan ekan,  shunday bo'lgach, uning oq-sarg'ish tusli ijodi birovni hayratga solmasligi kerak.

Samir Nasri

 Manchester Siti yarim himoyachisi Samir Nasri o'tgan mavsumning yakuniy qismida mallasoch bo'lishni istab qoldi. U yangi soch turmagini ilk marta Angliya premer-ligasi 33-turi doirasida Vest Bromvichga qarshi kechgan o'yinda reklama qildi. Muxlislar shundan so'ng Samirni hattoki, mashhur pop-xonanda Mayli Sayrusga o'xshata boshlashdi.

Serxio Ramos

Real himoyachisi ushbu ro'yxatga tushgan hamkasblaridan ajralib turadi. Gap shundaki, u qolganlardan farqli ravishda, havas uchungina mallasochga aylanmagan. Xullas, Serxio bu ishga aniq maqsadni ko'zlab jazm etgan. Gap shundaki, u sochining rangi tufayli maktabda doimo kalaka ostida qoladigan bir mallavoy bolakayni qo'llab-quvvatlash maqsadida boshiga bo'yoq surtgandi.  Aytgancha, Serxioning bu xatti-harakati jamoatchilik tomonidan munosib olqishlandi.

Pol Pogba

Pol Pogba ham tashqi qiyofasini o'zgartirishdan sira charchamaydi. Xususan, soch turmagi masalasida turli kashfiyotlarga qo'l urishdan aslo cho'chimaydi. Aytish mumkinki, Pol o'z boshini allaqachon o'ziga xos sanat asariga aylantirib ulgurgan.

Xames Rodriges

Realning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodriges mallasoch bo'lishga qaror qilgan oxirgi futbolchilardan biridir. To'g'ri, bu ijoddan uning ko'ngli uncha to'lmadi chog'i, atigi bir haftadan so'ng sochini yana boshqa rangga bo'yadi.


A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика