
AS nashrining xabariga ko'ra, futbolchi o'tgan hafta Madridning "Real" klubiga taklif qilingan. "Qaymoqranglilar" bilan muzokarani Kia Jurabchian o'tkazgan, aynan u Villianning "Chelsi"ga o'tishi bilan shug'ullangandi.
Ammo "Real"dagilar futbolchini xarid qilishni istashmadi. Sababi "Qirollik klubi"dagilar Beyl va Asensioga ishonch bildirishmoqda va qanotda Malkomga joy topilmasligini takidlashdi.