So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  5 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Malinovski: "SHevchenko osmonda emas, erda yurishimiz kerakligini takidladi" Yangiliklar

Malinovski: "SHevchenko osmonda emas, erda yurishimiz kerakligini takidladi"

Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy Angliyaga qarshi Evro-2020 1/4 final uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani haqida gapirib berdi.

Ukraina futbolchisi Angliyaga qarshi o'yin oldidan intervyu berdi.


— Ukraina terma jamoasi musobaqadagi vazifasini allaqachon bajardi, balki endi natija uchun javobgarlik yukisiz o'ynarsizlar?

— Bizda boshqa vazifalar yo'q degan gaplarga qo'shilmayman. So'nggi yig'ilishda bosh murabbiy ko'klarda bulutday uchishning hojati yo'qligini takidlab, erda yurishimiz kerakligini aytdi. Biz allaqachon  ushbu musobaqada futbolda hamma narsa mumkinligining guvohi bo'ldik. O'yinga jiddiy, diqqatni jamlagan holda tayyorgarlik ko'ryapmiz.

Angliya — tezkor futbol namoyish etadigan kuchli jamoa. Ammo biz Franciya, Germaniya, Ispaniya kabi jamoalarga qarshi o'ynaganmiz, bizda bunday o'yinlarning tajribasi bor. Biz qo'rqmasligimiz, o'z rejamiz bo'yicha o'yin ko'rsatishimiz kerak. Agar imkon boricha rejalarimizni amalga oshirsak hamda bor kuchimizni namoyish eta olsak, ko'ngildagi natijaga erishishimiz mumkin deb o'ylayman.

— Ushbu qarama-qarshilikda ko'pchilik jamoangizni autsayder sanamoqda. SHanba kungi o'yin qanday kechadi?

— Ha, Angliya uchrashuv favoriti, lekin bizga nisbatan ularga ko'proq bosim bo'ladi.

— Andriy Yarmolenko Niderlandiyaga qarshi o'yinda ajoyib o'yin namoyish etdi. U shanba kuni xuddi shunday o'yin ko'rsatishga jismonan tayyormi?

— Yarmolenko ushbu mavsumda kam o'yin o'tkazdi. Andrey haqiqiy sardor, u uchun Angliya bilan o'yin alohida ahamiyat kasb etadi, ushbu uchrashuv o'zini isbotlash uchun ajoyib imkoniyat.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика