Malen "Borussiya"ga o'tishga yaqin
15 iyu 2021 11:01
Yangiliklar
Malen "Borussiya"ga o'tishga yaqin
PSV hujumchisi Doniell Malen Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishga yaqin.
O'yinchi va klub shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishishdi. 22 yoshli futbolchi dortmundliklarning yozdagi asosiy transfer maqsadidir.
"Borussiya" o'yinchi uchun 25 mln evro taklif qildi, PSV esa 30 mln talab qilmoqda. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Malen o'tgan mavsum PSV safida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Fikrlar