Maldivdagi hamyurtlarimiz uchun mavsum boshlandi
21 iyu 2019 11:58
Yangiliklar
Aytish kerak, ayni vaqtda Maldiv chempionatida ikki nafar hamyurtimiz to'p tepmoqda. SHu kunlarda ularning soni oshishi mumkin. Ikki nafar hamyurtimiz Abdurasul Komilov va Ahror Umarjonov o'tgan yili chempionatni uchinchi o'rinda yakunlagan «Iglz» jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Kecha «Iglz» mavsumning ilk uchrashuvini amaldagi chempion «TS Sports»ga qarshi safarda o'tkazib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Hamyurtlarimizning xorijdagi faoliyatiga omad tilab qolamiz.
Fikrlar