So’nggi yangiliklar

19:11"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал учун Ўзбекистон таркиби маълум  0 19:05Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:1 (матнли трансляция)  189 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  1 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  44 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7

Maldinilar sulolasining yangi vakili Yangiliklar

Maldinilar sulolasining yangi vakili

SHonli o'tmishga ega "Milan" yana "oyoqqa turayotgandek".

2001 yil 11 oktyabrida Paolo Maldini oilasida quvonchli hodisa yuz berdi. Bolakay dunyoga keldi va unga Daniel deb ism qo'yishdi. Uning kasbga doir kelajagi juda erta belgilab qo'yilgan edi. Daniel akasi Kristian kabi "qizil-qora" futbolkani ancha erta egnida ko'rgan. Otasi Paolo, bobosi CHezare kabi himoya chizig'ida harakat qilardi, akasi Kristian ham ananani davom ettirdi, lekin Daniel faqat oldinda bo'lishni istashini darrov anglab etdi. Biroq Daniel ilk qadamlarini qanot himoyachisi rolida boshlagan va 13 yoshdagina hujumda undan ko'proq foyda bo'lishini isbotlab, ampulasini o'zgartirgan. Vaqt o'tarkan, muntazam ravishda bolakay bilan ishlagan murabbiylarning uning tug'ma iqtidori haqida aytishardi.

Kristian Maldini haqida gapiradigan bo'lsak, uning faoliyati kutilganidek bo'lmadi. U "Milan"ning asosiy jamoasi tarkibida maydonga tusholmadi, hozirgi kunda esa S Seriyada javlon urmoqda. Ko'pchilik mutaxassislarning fikricha, iqtidorli bo'lishiga qaramay, tashqaridan bo'layotgan bosimga dosh berolmadi. Kim biladi deysiz, balki Daniel himoyachi bo'lmagani ham unga qo'l kelgandir, qo'shimchasiga akasining omadsizligi fonida ukadan ko'p narsa kutilmagandir ham. Asosiy etibor Kristianga qaratilgan, u "qizil-qoralar" himoyasidagi sulola davomchisi bo'lishi kutilgan bir paytda, ukasi turli yosh toifasidagi jamoalar tarkibida gollarni taxlab tashlayotgandi.

Ilk bor kichik Maldini yulduzi Viyaredjo Kubogida porladi. Ushbu musobaqa bilan Maldinilar oilasining tarixiy "aloqalari" mavjud. Yosh futbolchilar uchun mo'ljallangan ushbu nufuzli turnirda uning bobosi CHezare "Triestina" safida harakat qilgan bo'lsa, otasi Paolo "Milan" yoshlar jamoasi sardori sifatida maydonga tushgan, Kristian ham ikki bor bu musobaqada ishtirok etgan. Daniel o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi va o'ziga nisbatan jiddiyroq munosabat zarurligini barchaga isbotlab qo'ydi.

O'tgan mavsum Daniel "Milan" safida debyut qildi va "qizil-qoralar" safida maydonga tushgan yangi asrda tavallud topgan ilk o'yinchiga aylandi. Zlatan Ibragimovich o'shanda vaqtida Paolo bilan o'ynagani, endi esa Daniel bilan elkama-elka harakat qilayotganini aytib, hazil tariqasida, hujumdagi sherigining o'g'li bilan birga o'ynashni istashini aytgandi. O'limi yaqin CHezare Maldini "Milan"da Maldini sulolasining 4-avlod vakilini ham ko'rishni istashini aytgandi. Afsuski, CHezare nabirasi debyutini ko'ra olmadi. 

"Veneciya"ga qarshi o'yinda Maldini A Seriya doirasida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. SHu bellashuvda u qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga aniq yo'llab, debyut golini ham urishga erishdi. Bundan kelib chiqadiki, Daniel Maldini A Seriyadagi birinchi golini otasi Paoloning oxirgi goli ("Atalanta"ga qarshi - 2008 yil mart)dan 13 yil 179 kun va bobosi CHezarening oxirgi goli ("Kataniya"ga qarshi - 1961 yil sentyabr)dan 60 yil 22 kun o'tib urishga muvaffaq bo'ldi. Bu vaziyatni Paolo tribunadan turib kuzatdi va uning xursandchiligi, quvonchining chegarasi yo'q edi. Intervyulari vaqtida u Daniel iqtidori haqida ancha ehtiyotkorlik bilan gapirsa-da, har safar uning xarakterini alohida takidlaydi. Yosh yigitning elkasiga ulkan bosim yuklatilgan va u "osmonlarga uchib ketishiga" yo'l qyo'maslik zarur. Boshqa tomondan u qanchalar muhim gol urgan bo'lmasin, unday hol yuz bermasa kerak. Sababi Maldini hujumda birinchi tanlov emas, jamoada undan tajribaliroq raqobatchilar etarli. 11 oktyabr kuni u 20 yoshni qarshilaydi, u hali yosh va hozircha har bir keyingi o'yinda gollar urib tashalashini kutish noo'rin bo'ladi.

 

Pioli ham Maldini debyuti borasida ancha bosiqlik bilan gapirdi. Murabbiyning fikricha shogirdi kelajakda katta hujumchi bo'lish va klubga foyda keltirish uchun barcha hislatlarga ega. Biroq murabbiy Maldini intensivlik borasida o'z ustida ishlashi va himoyachilardan qocha olish borasida ham ishlashi zarurligini aytishni unutmadi. "Veneciya"ga qarshi o'yinda epizodik vaziyatlarda raqib himoyachilari Danielni o'yindan uzib qo'yishga muvaffaq bo'lishdi. Balki, Maldini qishda boshqa bir jamoaga, balki o'sha "Veneciya"ga ijaraga yo'l olgani va A Seriyada ko'proq o'yin amaliyoti hamda tajribaga ega bo'lgani yaxshiroqdir. Milandan tashqarida katta o'g'lining faoliyati ko'ngildagidek ketmaganidan so'ng, "rossoneri"lar texnik direktori kichik farzandini qo'yib yubormasa kerak. Demak, 27-raqamli futbolchidan aynan "qizil-qoralar" futbolkasida yangi muvaffaqiyatlarni kutib qolamiz. Qachonlardir bobosi va otasi "Milan" himoyasini "betonlab tashlagandi", balki oila tarixiga gollarni ham qo'shish vaqti kelgandir. Bu Maldini sulolasining jamoa safidagi 37-goli. Uyog'iga qarab tursak, ECHL bosh sovrini haqida ham orzu qilish mumkin bo'ladi. Ha, aytgancha, ECHLda 7tadan 6ta sovrinni "Milan" tarkibida Maldini borligida qo'lga kiritgan ( 5tasi Paolo va 1tasi CHezare bilan). 

Endigi navbat Danielgami? Darvoqe, bugun "Milan" ushbu yo'ldagi yana bir qadamni tashlashi mumkin. ECHL 2-turi doirasida jamoa o'z uyida "Atletiko Madrid"ni qabul qiladi. Eslatib o'tamiz, 1-turda Pioli shogirdlari Angliyaga safar uyushtirib, "Liverpul"ga imkoniyatni boy berishgandi (2:3).


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика