Maldini: "Tomori borasida qarorni mavsum so'nggida qabul qilamiz"
02 mar 2021 16:28
Yangiliklar


Maldini: "Tomori borasida qarorni mavsum so'nggida qabul qilamiz"
"Milan" sport direktori Paulo Maldini "CHelsi" himoyachisi Fikayo Tomorining ehtimoliy xaridi haqida gapirdi.
"Tomori - katta istedod, ijara shartnomasida Fikayoni xarid qilish huquqi yozilgan, ammo narx juda baland. Biz mavsum so'nggida qaror qabul qilamiz va "CHelsi" bilan muzokaralar o'tkazamiz", - deydi Maldini.
23 yoshli angliyalik futbolchi "Milan" safida 4ta o'yinda maydonga tushdi.
"Rossonerilar" 24 turdan so'ng Italiya chempionatida ikkinchi o'rinda borishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar