Malayziya bosh murabbiyi: "O'yin surati, paslar va jismoniy holat bo'yicha, O'zbekiston bizdan kuchli ekanligini isbotladi"
10 okt 2021 01:49
Yangiliklar
Malayziya bosh murabbiyi: "O'yin surati, paslar va jismoniy holat bo'yicha, O'zbekiston bizdan kuchli ekanligini isbotladi"
O'zbekiston - Malayziya (5:1) uchrashuvidan so'ng, Malayziya terma jamoasi bosh murabbi Tang CHeng Xo o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Albatta, O'zbekiston termasi jamoasi sifatida bizdan ancha kuchli hisoblanadi. SHu sababdan ham, biz ulardan ko'p narsa o'rganishimiz kerak.
O'yin surati bo'yicha, ularning o'zaro amalga oshirayotgan paslari, jismoniy holat taraflama ular bizdan ancha ustun ekanliklarini ko'rsatishdi. SHu tufayli, aynan shunday o'yinlar bizning futbolchilar uchun tajriba maktabi vazifasini o'tab beradi", -deydi Tang CHeng Xo.
O’xshash yangiliklar
13:03
Timur Kapadze: "Birgalikda kuchli bo'lib kerakli natijani qo'lga kiritamiz, boshqa yo'limiz yo'q" 80
Fikrlar