So’nggi yangiliklar

01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  27 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  20 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Maksim SHackix: "Xoldorxonov biz kutgan o'yinni ko'rsata olmayapti" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Xoldorxonov biz kutgan o'yinni ko'rsata olmayapti"

"Dinamo" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi Superliganing 8-tur bahsidan (1:1) so'ng mehmonlar ustozi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Maksim SHackix: "Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Bir nechta vaziyatlar yaratdik. Masalani birinchi bo'limdayoq hal qilsak bo'lardi. Ikkinchi taymda atayin to'pni raqibga berib, qarshi hujumda o'ynashga urindik. Biroq hujumni yakunlashda mahorat va bazi xatolar halal berdi".


- Hozirgi "Paxtakor" avvalgi mavsumdagidan katta farq qiladi. "SHerlar"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz? CHunki "Navbahor" va "Neftchi" yaxshi o'yin ko'rsatyapti.

- Imkoniyatlar hammada teng. Kim kuchliroq ekanligini dekabrda bilib olamiz. Men hamma o'yinlarni ko'ryapman. Bazida men tomosha qilgan o'yin sizga boshqacharoq ko'rinar. Hamma o'zida bor kuchga qarab taktika tanlaydi. Biz ham shunday, biroq bizdagi "resurs" unchalik katta emas.

- Alijonov va Saitovlarning holati haqida malumot bera olasizmi?

- Alijonov asta-sekinlik bilan tuzalyapti. Saitov va Kimi Merklar davolnishda davom etishmoqda. Afsuski, har o'yin kimdir shikastlanyapti. Futbol kontaktli sport turi, chidashga majburmiz. 

- Bugungi bahsning oxirida "Dinamo" katta ustunlikka ega bo'ldi. "Paxtakor" nima sababdan bunchalik yomon o'ynadi?

- Ustunlik deb nimani tushunasiz. Orqaroqdan o'ynaganimiz ustunlik emas. Darvozabonimiz seyvlar qilib, to'p ustun yoki to'singa tegib qaytdimi? Bir yarimta vaziyat desak to'g'ri bo'ladi. O'tkazib yuborgan golimiz umuman kulgili. Uzatma va paslar vaziyat hisoblanadimi? Biz atayin to'pni raqibga topshirib, orqaroq qaytdik. Biz ikkinchi bo'limda 3ta gol ursak bo'lardi. Bosim bu - bizni o'z jarima maydonchamizga qamab, tinimsiz zarbalar berishdir.

- Nega bunday taktika tanladingiz?

- Qaytaraman, imkoniyatimizga qarab taktika tanlayman. To'g'ri payqadingiz, bu avvalgi mavsumdagi "Paxtakor" emas. Tarkibdagilarning 95% yangilar. Bir-ikki oy ichida 11 kishini to'plab, siz istagan o'yinni ko'rsatishga majburlay olmaysiz.

- "Paxtakor" uchrashuvni hujumchisiz boshladi. Ikkinchi taymda hujumchi zaxiradan maydonga tushdi. Sizda futbolchilar etishmovchiligi kuzatilyaptimi?

- CHeranchi? CHeran hujumchi. "Protokol"da hamma narsani yozish mumkin. Kimi hozir jarohatlangan. Xoldorxonov esa biz kutgan o'yinni ko'rsata olmayapti.

- Maksim SHackix jamoasida SHackixdek hujumlarni yakunlaydigan futbolchi yo'qlgi bizni hayron qoldiryapti.

- Afsuski, yo'q. Hujumchini izlash yoki akademiyada o'stirish kerak. 3-5 yil ichida terma jamoada hujumchi etishmovchiligi boshlanadi.

- Kojo Joel o'yiniga qanday baho berasiz?

- Uni hozir boshqa jamoaga olsangiz, qanday o'ynab ketishini bilmaymiz. O'rtamiyona hujumchi. Barakalla, gol urdi va vazifasini bajardi.

- Bir necha kundan so'ng "Nasaf"ga qarshi Superkubok bahsi bor, bu uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Undan oldin "Qizilqum" bilan o'ynashimiz kerak. Hozir faqat shu uchrashuv borasida bosh qotiryapman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика