So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  3 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Maksim SHackix: "Xatto hakamlar ham qachon rekord gol urishimni so'rashgan" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Xatto hakamlar ham qachon rekord gol urishimni so'rashgan"

Ukrainaning "Goverla" jamoasi hujumchisi Maksim SHackix Ukraina premer-ligasida o'rnatgan rekordiga ko'p etibor berish kerak emas deb hisoblaydi.

O'zbek hujumchisi Ukraina chempionatida o'zining 124-golini urib "Dinamo"ning hozirgi murabbiyi Sergey Rebrovning natijasini yaxshiladi.

"Ha, gol urdim. Ammo jamoamga ijobiy natija olib kelmadim. To'g'risini aytaman, rekord haqida juda ko'p o'ylaganim yo'q. So'nggi vaqtlarda jurnalistlar faqat shu to'g'risida qiziqishayotgandi. Hakamlar esa "Qachon gol urasan" deb so'rashni boshlashgan edi.


-Siz nima deb javob berdingiz?

SHunday dedim: O'zingizni bosing, hammasi bo'ladi - gol mendan hech qaerga qochib ketmaydi. SHunday ham bo'ldi.Endi yana olg'a intilishda davom etaman - shug'ullanaman, o'ynayman, tayyorlanaman.


-Siz chempionatni ilk turida ikki gol urdingiz, keyin ketma-ket beshta o'yinda raqibni ranjitmadingiz. Rekord golini urish niyati sizga maydonda halaqit bermadimi?

Yo'q. Agar rekord haqida o'ylayverganimda, bu menga halaqit qilishi aniq edi. Men rekordni o'ylamaslikka harakat qildim. Men hujumchiman, hujumchi esa gol urishga yoki golga pas berishga harakat qiladi. Bu barcha o'yinlarda ham amalga oshavermaydi.


-O'yindan so'ng ko'plab tabriklarni qabul qilgandirsiz. Sergey Rebrov qo'ng'iroq qilmadimi?

Kim bilan gaplashsam, o'sha menga "Rebrov qo'ng'iroq qildimi?" deb so'raydi. O'ylashimcha, hozir uni bundanda muhimroq ishlari bor. "Dinamo" "SHaxtyor" bilan o'ynadi. SHu sababli u mashg'ul bo'ladigan ishlar ko'p. Fikrimcha, u menga o'xshab bunday ishlarga katta etibor bermaydi" - deydi SHackix.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика