So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Maksim SHackix: "Ukraina terma jamoasi hozirgi tarkib bilan Evroda uzoqqa borishi mumkin" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Ukraina terma jamoasi hozirgi tarkib bilan Evroda uzoqqa borishi mumkin"

"Paxtakor" bosh murabbiyi va Ukraina chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar Maksim SHackix mamlakat terma jamoasining Islandiya ustidan qozongan g'alabasidan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- Ukraina terma jamoasi iroda namoyish etib, Islandiyani mag'lub etdi va Evro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'yin haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz...

- O'yin menga yoqdi. Ikki terma jamoa ham yaxshi futbol namoyish etdi. Tezkor futbol guvohi bo'ldik. Islandiya terma jamoasi ko'proq himoyalanishini kutgan edim, ammo bunday bo'lmadi. Ukraina esa ko'proq to'pga egalik qilishni istaydi. Yaratganga shukur, yakun muvaffaqiyatli bo'ldi. Ukraina bosim qildi va bahs so'ngida irodali g'alabani qo'lga kiritdi. To'g'ri, Ukraina terma jamoasi ko'p vaziyatlar yaratmagan bo'lishi mumkin, ammo bunday uchrashuvlarda xato qiymati juda baland. Kichik xato sababli Evropa chempionatidan quruq qolish mumkin.

- Ukraina terma jamoasi Evro-2020da chorak finalga qadar etib borgandi va o'z o'yini bilan neytral muxlislar qalbidan joy olgandi. Yangi tarkib Evro-2024da ham ushbu natijani takrorlay oladimi? Nima deb o'ylaysiz?

- Bu savolga hech kim aniq javob bera olmasa kerak. Turnir davomida bilib olamiz. Hozirgi tarkib bilan uzoqroq borishimiz kerak. CHorak final bosqichiga qadar etib borish – uddalasa bo'ladigan vazifa. Individual mahoratli futbolchilar tarkibda ko'p. Qanday natija qayd etilishini turnir davomida bilib olamiz va albatta muxlislik qilamiz. Ukraina Evro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritdi  va dastlabki missiyani bajardi, endi esa keyingi maqsadlarga erishish kerak.

Eslatib o'tamiz, Ukraina terma jamoasi Evro-2024da Belgiya, Slovakiya va Ruminiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика