So’nggi yangiliklar

20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  8 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  6 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7

Maksim SHackix "Lokomotiv" murabbiyi bo'lishi uchun besh sabab Yangiliklar

Maksim SHackix "Lokomotiv" murabbiyi bo'lishi uchun besh sabab

Toshkentning "Lokomotiv" klubiga ikkinchi davrada kelgan va jamoaning natijalarini ijobiy tomonga o'zgarishida katta hissa qo'shgan Timur Kapadze endilikda bor etiborini O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qaratadi.

Savol endilikda jamoani kim boshqaradi? Qaysi mutaxassis "Lokomotiv"ni ayni paytdagi holatiga va siyosatiga mos? Men bu borada o'zimning taklifimni berishni lozim topdim. fikrimcha, hozirda jamoaga eng yaxshi variant o'zbekistonlik sobiq futbolchi Maksim SHackixdir.  Garchi bugungi kunda u "Rotor"da faoliyat olib borayotgan bo'lsada agarda taklif bilan chiqilsa albatta kelishi mumkin. Bunga uning o'zi ham qarshi bo'lmaydi deb o'ylayman. Nima uchun aynan SHackix? Quyida shu xususida so'z boradi.

1. Evropa havosini olgan murabbiy va xalqaro tajribaga ega

Barchangizga malumki "Maks" proffessional futbolchilik faoliyatini xorijda boshlagan, shu muhit ostida tarbiyalangan, taniqli va kuchli mutaxassislar qo'l ostida to'p tepgan. Turli xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etgan. Uning qarashlari ham o'zimizning mahalliy murabbiylarnikidan farq qilishi tabiiy. SHackixning ayniqsa Valeriy Lobanovskiydan o'rgangan narsalari unga murabbiylik faoliyatida foyda berishi shubhasiz. Ikkinchidan "Lokomotiv" klubi hozirda eshitishimizga qaraganda xorijlik mutaxassisni jamoaga jalb qilish borasida o'ylamoqda. SHunday ekan Maksim SHackix varianti xorijlik murabbiy tamoyiliga to'liq mos keladi. Boshqa tomondan esa uning o'zbek futboliga moslashishi, ko'nikib olishiga hech qancha vaqt ketmaydi.

2. "Lokomotiv"ning muxlislari ko'payadi

Maksim SHackixning milliy terma jamoamiz libosidagi o'yinlarini o'zbekistonlik futbol ishqibozlari hamon zavq bilan eslashlari aniq. CHunki u millat qahramoni, kimlar uchundir o'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchi, yana kimlar uchundir esa afsona. Agarda bu amalga oshadigan bo'lsa ishqibozlar o'zining sevimli futbolchisini endilikda murabbiy sifatida qo'rishlari qiziq bo'lardi. Ishoning "Maks"ning kelishi "Lokomotiv" ishtirokidagi uchrashuvlarda muxlislarning o'z-o'zidan ko'payishiga olib keladi. Stadionlarga ajoyib futbol muhiti qaytadi. Hamma ham "Loko"ga muxlislik qilmasligi mumkin, lekin SHackix uchun stadionga kelishlarini taxmin qilish qiyin emas. Umumiy qilib aytganda  "Maks" o'zi bilan birga muxlislarini ham stadionga qaytarishini taminlaydi.

3. O'zbek futboli uchun begona emas

Deylik, "Lokomotiv" SHackixdan tashqari boshqa bir mutaxassisni taklif qildi va bosh murabbiylikka tayinladi. U insonning yuqorida zikr etilganidek o'zbek futboliga, mentalitetga, futbolchilarga va sharoitga moslashishi malum bir fursatni talab qiladi. Boisi hali kelayotgan xorijlik murabbiy futbolimizni to'liq bilmaydi va o'rganib olish uchun vaqt sarflaydi, bundan esa har ikki tomon ham yutqazadi. Maksim bilan esa bu jarayon ko'pga bormasligiga ishonamiz. CHunonchi, o'zbek futbolini yaxshi biladi, barcha narsalardan xabardor, o'zbekistonlik futbolchilarning potenciali va nimalarga qodirligi haqida tasavvurga ega. Futbolimizga kecha yoki bugun kelib qolmagan. Etarlicha malumot bazasi shakllangan. Qolaversa u bilan ishlash futbolchilar uchun qiziq kechadi va o'ziga xos tajriba maktabini o'taydi.

4. Rus tilini biladi va o'zaro muloqotda muammo bo'lmaydi

Futbolchi va murabbiyning o'rtasidagi eng muhim omil bu o'zaro tushunishdir. Bunda esa tilning ahamiyati katta. Ko'pincha natijalar ham shunga bog'liq bo'lib qoladi. Ayrim pallalarda o'yinchi murabbiyini yaxshi tushuna olmasligi natijasida turli ziddiyatlar kelib chiqadi. "Maks"da esa til borasida muammo bo'lmasligi ayon. U ko'rsatmalarni rus tili orqali bemalol erkin tarzda futbolchilarga etkazib bera oladi.

5. "Lokomotiv"ning hozirgi yoshlar bilan ishlash siyosatiga to'liq mos keladi

"Lokomotiv" joriy mavsumdan etiboran siyosatini o'zgartirdi va o'z futbol maktabidan etishib chiqqan yoshlarga urg'u bera boshladi. Birinchi davrada Andrey Fyodorov yosh futbolchilar bilan natija ko'rsatishda qiynaldi va istefoga chiqarildi. Ikkinchi davrada esa Temur Kapadze qo'l ostidagi bor futbolchilar bilan ham nimadir qila olish mumkinligini isbotladi. Maksim SHackix ham xuddi Kapadze singari murabbiylik karerasini "Dinmo Kiev"ning yoshlar jamoasidan boshladi. Unda yosh iqtidorlar bilan ishlash ko'nikmasi mavjudligi "Lokomotiv"ning yoshlari bilan ishlashda muammoga duch kelmasligini bildiradi.

Albatta bu mening shunchaki taklifim va mulohazalarim. Xalqimizda "Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q",- deb bejiz aytilmagan. Paytida futbolchi sifatida maydonda borini bergan va hozirda boshqa xorij klublarda ishlayotgan o'zimizning sobiq futbolchilarimizdan unumli foydalanish payti keldi. fikrimcha ular so'nggi yillarda klublarimizda faoliyat olib borgan chet ellik murabbiylardan ko'ra futbolimizga nimadir bera olishadi.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика