So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Maksim SHackix: "Jarohatlar ko'pligi sababli zo'rg'a asosiy tarkibni tuzdik" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Jarohatlar ko'pligi sababli zo'rg'a asosiy tarkibni tuzdik"

Osiyo CHempionlar Ligasi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Fayha" (1:4) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Himoyadagi individual xatolar va hujumda vaziyatlardan foydalana olmaslik natijasida mag'lub bo'ldik. Juda ko'p yo'qotishlar borligi sababli asosiy tarkibga zo'rg'a 11 nafar futbolchini yig'a oldik. Ko'p o'yinchilar haqida xulosalar chiqardik. Keyingi rejalarimizda buni inobatga olamiz.

- Individual hatolar dedingiz, aynan qaysi futbolchilar bugun xatoga yo'l qo'ydi?

- Xato qilgan futbolchilar o'zlari bilishadi. Men ularning shahsini ochiqlash niyatim yo'q.

- "Paxtakor" OCHLda guruhda qolib ketdi bunga rahbariyat qanday munosabat bildiradi deb o'ylaysiz?

- Guruhdan chiqishni maqsad qilgandik, ammo bunga erisha olmadik. Asosiy tarkibdan ko'pchilik o'ynay olmadi, zaxirada yosh bolalar o'tirgandi. Bunday darajadagi xatolar kechirilmaydi. Individual mahorat va tezlik borasida katta farq bo'ldi. Mavsum davomida oldimizga qo'yilgan asosiy maqsad chempionlik edi va buni uddaladik. Men rahbariyat emasman va qarorni ular qabul qiladi. Biz asosiy vazifani bajardik.

- "Paxtakor" yozgi transferlar oynasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ushbu holat bugungi o'yindagi natijaga tasir o'tkazdimi?

- Legioner degani asosiy tarkibda o'ynashi kerak degani emas. Bunday fikrlash mutlaq noto'g'ri. Kuxarchik bilan hayrlashdik. Xorijlik futbolchilarni birinchi navbatda mashg'ulotdagi umumiy saviyani oshirish uchun taklif etamiz. O'yinda esa kim malum vaqtda kuchliroq bo'lsa, o'sha futbolchi o'ynashi kerak. Qishda yaxshi futbolchilarni topish juda qiyin. Biz har doim tarkibni kuchaytirishga intilamiz, ammo kuchli legioner topish oson ish emas. Evropa va Osiyo o'rtasida katta farq bor va futbolchilarga adaptaciya uchun vaqt kerak. Biz esa hozir va shu erda natija qayd etishimiz kerak.

- OCHLda ishtirok etayotgan barcha o'zbek klublarining bosh murabbiylari jarohat ko'pligidan nolishmoqda. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz? O'zbek futbolining kamchiligi shumi?

- Jarohatlar ko'pligi tig'iz taqvim bilan bog'liq. CHempionlar Ligasida o'ynagan jamoalar azolari juda charchashdi, bu jarohatlarga olib keladi. Terma jamoalar nomzodlari tinimsiz mashg'ulot va o'yinlarda bo'lishmoqda. Ular robot emas. Dam olishlari ham kerak. Osiyo Kubogi tufayli dastlab milliy terma azolari, keyin olimpiya termasi vakillari yo'q bo'lishadi. Alijonovni "Axal" bilan safarda suniy maydondagi o'yinda maydonga tushirmadik, chunki bunday maydonda o'ynash Hojiakbar uchun xavfli. Milliy termada esa uni o'ynatishdi, endi tizzasida muammo paydo bo'ldi. Biz o'z futbolchimizni ayashimiz mumkin, boshqalarni bilmadim. Tushuning futbolchilarga dam kerak. Masalan hozir mavsum yakunlandi endi esa terma jamoa vaqt o'tkazadi. Keyin Osiyo kubogi keyin esa biz yig'in o'tkazamiz. Ular futboldan to'yib ketishadi. Tiklanish, dam olish uchun vaqt yo'q. Olimpiya terma jamoasi ham keyingi yil aprelgacha yig'in o'tkazadi. Biz nima qilaylik? Taqvim juda zich va bu asosiy muammo. Kubok o'yinlarining sonini ham ko'paytirishdi, tushunmayman nega. O'yinlar sonini ko'paytirsak, maydon va infrastrukturani ham to'g'irlash kerak. Biz Nukusga bordik va suniy maydonda o'ynadik. Qo'shimchasiga yo'lda juda ko'p vaqtimiz ketib qoldi. Bir sutka safarga boramiz va bir sutka ortga qaytamiz. Bu juda noqulay. CHarter reys bo'lganda esa yo'l bor yo'g'i uch soat vaqtimizni olar edi. Tushunayapsizmi muammolar va to'siqlar juda ko'p.

- Keyingi mavsum "Paxtakor" tarkibi qanchalik o'zgaradi?

- Oldindan aniq hech narsa deya olmayman, ammo katta o'zgarishlar bo'lishi aniq.

Reyting: -82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика