Maksim SHackix: "Hali oldinda to'rtta o'yin bor"
03 okt 2023 23:39
Yangiliklar
Maksim SHackix: "Hali oldinda to'rtta o'yin bor"
OCHLning 2-turida "Al Fayha" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix fikrlarini bildirdi.
- Birinchi turda o'z maydonimizdagi va bugungi o'yin bir-biriga o'xshash bo'ldi: tashabbusga ega bo'ldik, ustunlik qildik, ko'plab vaziyatlar yaratdik o'z darvozamiz oldida ikkita xato qildik va ikkita gol o'tkazdik. Gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi. Birinchi taymda biroz og'ir harakat qildik, tanaffusdan so'ng yigitlar o'zlariga kelishdi, afsuski gol ura olmadik.
- "Paxtakor" OCHLda katta tajribaga ega, ammo bu mavsum ikkita mag'lubiyat bilan boshlandi. Buning sababi nimada?
- Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Oldinda to'rtta o'yin bor. Guruhdan chiqish uchun oxirigacha kurashamiz.
Fikrlar