So’nggi yangiliklar

07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  0 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  43 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3

Maksim SHackix: "Bugungi uchrashuvdan muxlislarning ko'ngli to'ldi, deb o'ylayman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bugungi uchrashuvdan muxlislarning ko'ngli to'ldi, deb o'ylayman"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix "Qayrat"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi uchrashuvdan muxlislarning ko'ngli to'ldi, deb o'ylayman. Biz doim ular uchun to'p tepamiz. O'yinga kelsak, gollar ham, vaziyatlar ham etarli bo'ldi. Ikki jamoa darvozasi oldida keskinlik yuqori kechdi. O'yinni muvaffaqiyatli yakunladik. Xatolarimiz yo'q emas. Ishlashda davom etamiz", - deydi Maksim SHackix. 

- Qishda amalga oshirilgan transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Jamoamizga qo'shilgan futbolchilardan qoniqdim. Hozircha bizda tarkib shunday. Yozda yana tarkib to'ldiriladi. Bu bosqichda oladigan futbolchilarimizni oldik. 

- Bugungi uchrashuvda ko'p gol kutganmidingiz?

- Bunday gollarga boy o'yinni hech qaysi murabbiy kutmasligi tabiiy. Boz ustiga mavsum startida turibmiz. "Qayrat"ni o'rgangan edik. Ular bugungidek o'yin ko'rsatishini kutgandim. Qaysidir joyda agressiv holda pressing qilishdi. Raqib safidagi hujumchi yaxshi harakat qildi. Katta tezlik, vaziyatni hal qila olish kabi ustun tomonlari bor ekan. "Qayrat" murabbiyi bilan gaplashdim. Yosh mutaxassis. Umuman olganda bugun faol futbol ko'rsatdik, deya olaman. Qolaversa, "Qayrat" ham maqul keldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика