So’nggi yangiliklar

10:25"Рома" Сардор Азмунни "Байер"дан тўлиқ сотиб олиши мумкин, агар...  2 10:03Таиланд пойтахти Бангкок шаҳрида ОФКнинг футзал ва соҳил футболи қўмитаси йиғилиши бўлиб ўтди  0 09:42"Ал Насcр" кетма-кет 7 та ўйинда ғалаба қозонди. Роналду кетма-кет 2 та баҳсда самарали ҳаракат қилгани йўқ  6 09:21"Атлетико" мухлислари Нико Уильямсни "маймун" дейишди, Гризманн ва Коке эса...  4 09:01"Нефтчи" - "Металлург" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 08:39"Барселона" эркаклари қила олмаган ишни аёллар жамоаси амалга оширди  5 08:18МЛС. "Интер Майами"дан йирик ғалаба. Мессида 2+1, Суарес ҳам гол урди  12 07:54Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Индонезия билан ўйинга тайёргарликни бошлади + Ҳусайн Норчаевдан интервью   2 07:30Футзал. Бугун Ўзбекистон бронза медали учун Тожикистон билан ўйнайди  0 07:09Ўзбекистон кубоги. Бугун "Андижон" - "Насаф", "Динамо" - "Навбаҳор" ва яна 4 та ўйин бор  4 06:50Серия А. "Ювентус" - "Милан" 0:0   0 06:45АПЛ. "Астон Вилла" - "Челси" 2:2   0 06:40АПЛ. "Ньюкасл" - "Шеффилд" 5:1   0 06:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Бернли" 1:1   2 06:30АПЛ. "Вест Хэм" - "Ливерпуль" 2:2   1

Maksim SHackix: "Bugun raqibdan ustunroq edik" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bugun raqibdan ustunroq edik"

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Menga bugungi uchrashuv yoqdi. "Nasaf"ga qarshi kechadigan uchrashuvlar har doim qiziqarli kechadi. Ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo raqib ham kuchli jamoa edi. Bugun sifatli o'yin namoyish etdik. Menimcha bugun raqibdan yaxshiroq o'ynadik va ustunroq edik. G'alaba qozonishimiz kerak edi, ammo g'alabalarimiz hali oldinda

- CHeran o'yin yakunida ajoyib vaziyatga ega bo'ldi. CHeranga o'yindan so'ng nimalar dedingiz va agarda Draganning o'rnida boshqa bir yoshroq futbolchi bo'lganida unga ko'proq etiroz bildirar edingizmi?

- O'sha vaziyatda golni nishonlan uchun yugurib ketayotgan edim. CHerandek tajribali futbolchilar bunday vaziyatlardan ming foiz gol urishadi. Dragan Hamdamovga pas bermoqchi ekanligini aytdi. CHeranning vaziyatidan oldin ham ancha xavfli vaziyatlar yaratgandik. Draganning o'rnida yoshroq futbolchi bo'lganida ham uni urushmas edim. Yosh futbolchilar xatolar orqali tajriba to'plashadi va ularning xatoga yo'l qo'yishi tabiiy hol.

- Bugun "Paxtakor" jamoasi bitta o'zgarishga qo'l o'rdi. Zaxirasiz o'ynash qanchalik qiyin?

- "Nasaf" bugun beshta o'zgarishga qo'l urdi. Biz esa bor yo'g'i bitta o'zgarish qildik. Rotaciya qilish uchun ko'proq futbolchilarimiz bo'lganida yaxshi bo'lar edi, ammo bor hozirgi kunda bor imkoniyatlarimiz shu.

- Jamoaning asosiy himoyachilari Azmiddinov va Hamralievlar qachon safga qaytishadi?

- Bu haqda aniq bir narsa deya olmayman. Ularning yo'qligi biz uchun katta yo'qotish. Hozirgi kunda himoyada o'ynayotgan yosh futbolchilarimizga etirozim yo'q. Ular yaxshi o'yin namoyish etmoqda.

- Rotaciya qilish uchun futbolchilar etishmayotganligi haqida gapirib o'tdingiz. Mart oyida esa FIFA kunlari bor va "Paxtakor" safidagi futbolchilar terma jamoalarga chaqiruv olishi aniq. Futbolchilar etishmayotganda bir pallada, bor tarkib ham terma jamoa yig'inlariga ketishi qanchalik qiyinchilik tug'diradi?

- Bizda nafaqat asosiy terma jamoa balki olimpiya va yoshlar terma jamoalariga yo'l oladigan futbolchilar ham talaygina. Bor tarkib bilan ishlashda davom etamiz. Zaxiraga keladigan bo'lsak, bizda bor futbolchilarga tajriba kerak. Ular tajriba to'plashi uchun esa vaqt talab etiladi.

- Yosh futbolchilar asosiy tarkibda muntazam o'ynashi va etarlicha tajriba to'plashi uchun taxminan qancha vaqt kerak deb o'ylaysiz?

- CHempionat o'yinlari orqali ular tajriba to'plashda davom etishadi. Azmiddinov va Hamraliev qaytganidan so'ng, asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobat boshlanadi. Hech qaysi futbolchining asosiy tarkibdan joy olishi kafolatlanmagan. Qanchalik ko'proq o'yin vaqti taqdim etilsa, yosh futbolchilar ko'proq tajriba to'plashadi. Bunday holatda U21 chempionatidagi ishtirok ham katta rol o'ynaydi. Umumiy qilib aytadigan bo'lsam, yosh futbolchilarimizga taxminan bir yarim yil vaqt kerak.

Reyting: +10   

Fikrlar

+14   
08 mar 21:56:37
Жахонгир Асомов
Бу уйинда Пахтакор икки очко йукотди.
+10   
08 mar 23:00:28
Лацио Пахтакор
Эшитиларингми ўйин келишилган экан Насаф муҳлислари билиб қолибди.
+10   
08 mar 21:46:24
Футбол оддий уйин
Пахтакор ҳар қандай ҳолатда ҳам N1.
+9   
08 mar 22:03:51
Б Х
Так держать Макс!!!!!!!
+9   
08 mar 21:44:22
ПАХТАКОР @@@ МАНЧЕСТЕР ЮНАЙТЕД
Кейинги уйинларда омад
+8   
08 mar 21:51:46
Karshi Nasaf Shokir aka
Пахтакор дахшат уйнади Элит лигада фаворит булади менимча
+7   
08 mar 22:36:39
Бахтиёр Ашуров
Максни яхши мутахасис - деганимда баъзи бир мухлислар қарши чиқишганди. ОЧЛсида биринчи йил учун натижалар ҳам, ёмон эмас. Баъзи бир мураббийлар бошида ОЧЛсида дойим ауцайдер бўлиб юришади. Мана бу йил ҳам, ёшлар билан суперлигани яхши бошлаб олди. Максни ўзи айтганидек : яхши легионерларни қишда олиб келишни хеч иложи йўқ. Европада қишфасл давралар оралиғида барча футболчиларни шарномаси бўлади. Бизда эса уларни сотиб олишга имкон йўқ. Европада аксинча ёз мавсум оралиғида эркин агент футболчилар кўпчиликни ташкил қилади. Ана ўша паллада яхшироқ легионерларни олиб келамиз - деганди. Агар пахтакор ёзда 4 та сифатлироқ легионерларни олиб келса бемалол шу ёшлар билан элешант лигада ўйнаса бўлади!
+6   
08 mar 23:45:24
Uzb_Uzb
Анавилар 10 кундан бери тайёрланиб, кучаниб ўсириб қўйгандек бўлди
+6   
08 mar 23:37:30
Rijjol Gayratovich
Максим ишлашни давом эт.бугун Пахтакор яхши уйнади лекин бу кам, Пахтакор зур уйнаши керак.
+6   
08 mar 21:45:38
Shuxrat
Макс N1
+4   
08 mar 23:06:49
Forrest Gump
Qani anu xaripla, 1 haftadan beri Paxtakornikiga sakravotudilarin, shunaqa zo’r sostavlarin bilan hich nima qilomadilarinu, yana Nasaf bilan Navbahor bu yil chempionli uchun kurasharmish ????
+3   
08 mar 22:48:01
Shahzod Mamurov
Bravo Maksim!
Sizning yosh o'yinchilaringiz birdan tajribali bo'lib qoldi bugun.
Sizlar shu ketishda OCHLda ham chempion bo'lasizlar shu mavsum, OCHLni yondirib gruhda 1-o'rin bilan chiqgan Nasafni bugun yosh o'yinchilaringiz ko'rmay o'tib ketdi. Hammasi zo'r gaziga bosing. (Essiz O'zbek fuboliga vaqt ajratganim)
+3   
08 mar 22:08:26
Muzaffar
Karshi Nasaf Shokir aka foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакор дахшат уйнади Элит лигада фаворит булади менимча
Насаф билан дурранг уйнаса фаворит буп коладими худди Насаф Реалдек гапирасиз а. Элит лигада бутун Узб жамоаларидан уйинчи тупласа хам бизни жамоалар аутсайдер булади.
   
09 mar 18:27:19
Fudbol kuraylik
Forrest Gump foydalanuvchining fikriga javob berish
Sanga o’xshagan imlo xato bilan yozadiganlarni ustozi kom elam dib manam o’ylab qolaman. Ota onang imlo xato bilan yozgin bolam, deb o’rgatganmi yoki ustozlarin atayin shunday dars o’tganmi?
Man oshpazman, balkim xato yozarman lekin nochormasman tirichiligim yaxshi Otasis usib uqishni tashab pul topishga utganman sanga uxshagan osmonga chiqib olgan Toshkenliklarga, sal pasro tush deyishga aqlimxam, tarbiyamxam yetadi. San bilan farqim man Toshkent xam bizning yurtimiz deb bilaman. Tarbiyam shunaqa......Imloda xato yozsamxam ammo xaqorat qilmayman insonlarni, ayniqsa telifonda utirib olib.Man bor yuģi Xarip deyishing notuģri ekanligini yozdim, san uchun bu tuģri bulsa bilganingni qil
   
09 mar 13:48:12
Forrest Gump
Fudbol kuraylik foydalanuvchining fikriga javob berish
Sanga uxshagan viloyatliklarni "xarp" deydiganlarni insonlarni bilsam, uylab qolamanda kim urgatgan bulsa silarga shu gapni? Kim ? Ota onangni umri uzoģ bulgur ... sal pasro tush! Toshkentdayam ulganlani tuproqqa quyishadi ! Tak shto Uzbek bulaylik..
Sanga o’xshagan imlo xato bilan yozadiganlarni ustozi kom elam dib manam o’ylab qolaman. Ota onang imlo xato bilan yozgin bolam, deb o’rgatganmi yoki ustozlarin atayin shunday dars o’tganmi?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика