So’nggi yangiliklar

12:28Қироллар: "Манчестер Сити" XXI асрда Лига Кубогининг энг совриндор клуби бўлди  0 12:00Жаҳон чемпиони бўлган ва йилига 500 дан ортиқ операция ўтказадиган Ўзбекистоннинг янги тиббиёт мутахассиси билан танишамиз  0 11:32Ҳоланд шахматга сармоя киритмоқда  1 10:44Гризманн янги жамоаси билан келишувга эришди (Романо)  1 10:16Гвардиола навбатдаги рекордни ўрнатди  0 09:48Нидерландия терма жамоаси 2026 йилги ЖЧ учун уй ва сафар либосини тақдим этди  1 09:20Зидан келишувга эришди  1 08:51Артета кечаги учрашувдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 08:35А Серия. "Интер" "Фиорентина" билан дуранг ўйнади, "Рома" эса "Лечче"ни мағлуб этди  2 08:23Арбелоа: "Реал" футболчиларининг менталитети менга жуда ёқди"  4 08:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Атлетико Мадрид" 3:2  28 07:55Гвардиола: "Артета деярли енгилмас жамоани яратган"  1 07:27Sofascore. "Арсенал"га қарши учрашувда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 02:55Ла Лига. Голларга бой ўтган Мадрид дербисида "Реал" "Атлетико"ни мағлуб этди  100 01:06Месси жарима зарбасидан урилган голлар сони бўйича Пелени ортда қолдирди  16

Maksim SHackix: "Biz hamon peshqadammiz" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Biz hamon peshqadammiz"

"Andijon" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi Superliganing 21-tur o'yinidan (1:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Maksim SHackix ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

-  Maksim Aleksandrovich, avvalo uchrashuv to'g'risida fikrlaringiz.

-  Nima deyishim mumkin? Golsiz o'yinda yutib bo'lmaydi. 

-  Ikkita o'yinda ham “Paxtakor” “Andijon”ni yutolmadi. Bunga nima sabab?

-  Nima, “Andijon” jamoa emasmi? Raqib ham shakllangan jamoa. Muxlislarning daldasi kuchli bo'ldi. Hech nima bo'lmadi. Biz hamon 1-o'rinda ketyapmiz. Bizda o'yin borasida muammolar bor. Yana qaytaraman: biz 1-o'rinda ketyapmiz. 

-  Nima sababdan darvozada Quvvatovni emas, Pavlyuchenkoni tushirdingiz?

-  Sanjar ko'p gol o'tkazib yuboryapti, buni sababi shu. Bir-ikki marta xato qildi. SHu sababli uni almashtirishga qaror qildik. 

-  Siz murabbiy sifatida birinchi marta Andijondasiz. “Bobur Arena” va muxlislar haqida nima degan bo'lardingiz?

-  Bunday muxlislar qarshisida hatto safarda o'ynash ham ancha yoqimli. Ishqibozlar ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turishdi. Afsuski, biz ko'zlagan maqsadimizga erisha olmadik. 

-  “Paxtakor” OCHLda ketma-ket ikkita o'yinda yutqazdi va Superligada ham. Bunga nima sabab bo'lyapti?

-  OCHLdagi o'yinlar bu erda ahamiyatsiz. Siz jadvalga etibor qarating. Biz hamon peshqadammiz.

-  Dastlab OCHLda, keyin bugun mag'lubiyatga uchraldi...

-  Nima bo'ldi, OCHLda? Yana qaytaraman: jadvalga nazar soling, biz hamon 1-o'rindamiz. Osiyo CHempionlar ligasida yana oldimizda 4 ta o'yin bor. 

-  Biz “Paxtakor”ni hurmat qilamiz. SHu sababli o'yinlariga muxlislik qilamiz...

-  Barchasini dekabr oyida ko'ramiz. Kim qaerda bo'ladi?! 

-  Siz “Paxtakor” chempion bo'lishiga ishonasizmi?

-  Siz meni ishonmaydi deb o'ylayapsizmi? Agar ishonmasam “Paxtakor”da ishlamayotgan bo'lardim. 

-  CHeranning yo'qligi “Paxtakor” uchun katta yo'qotishga aylanyapti. Bunga fikringiz qanday?

-  Usiz bizga har bir o'yin yo'qotish bo'lmoqda. Jamoa sardori, to'purar – bunday o'yinchisiz jamoaga albatta qiyin bo'lyapti. Unda jarohat bor. Yaqin kunlarda u safimizga qaytadi va tezroq tuzalishini biz ham xohlaymiz. 

-  “Andijon”dan qanaqa o'yin kutgandingiz?

-  Qanday o'yin kutgan bo'lsa, shunday o'yin bo'ldi. Bitta yaxshi vaziyat, to'p tepildi va gol bo'ldi. Biz esa to'p tepyapmiz, boshqa tomonga ketyapti. Birinchi taymda ko'p vaqt cho'zilishi bo'ldi. Tibbiyot xodimlari maydonga tushdi. Lekin shunga qaramay, hakam faqat 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi, xolos. Nimaga bunday yoki bizni sekundomerlarimiz boshqachamikin? Qanday qilib 3 daqiqa qo'shib berish mumkin?


Reyting: -67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика