So’nggi yangiliklar

21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  1 21:16Қатар – БАА. Жаҳон чемпионати йўлланмаси ўйналадиган учрашув учун таркиблар аниқ!   4 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  1 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  2 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  0 18:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан дурангга рози бўлди   18 18:54Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистон устидан ишончли ғалабага эришди  6 18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  3 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  27 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  11 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  2 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  10 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  8

Maksim SHackix "Al Vasl"ga qarshi o'yindan so'ng Championat.Asia saytiga intervyu berdi Yangiliklar

Maksim SHackix "Al Vasl"ga qarshi o'yindan so'ng Championat.Asia saytiga intervyu berdi

Elit Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Al Vasl"ga qarshi bahsdan so'ng (0:1) "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix Championat.Asia saytiga kichik intervyu berdi.

Intervyuda murabbiy o'z jamoasi o'yini, yaqin kelajak rejalari va O'zbekiston milliy terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

- So'nggi vaqtlarda "Paxtakor"ning natijalari quvontirmayapti. Bu nima bilan bog'liq?

- Hozir jamoa qurish davom etmoqda. "Paxtakor" qishda qanday o'zgarishlarga to'qnash kelganidan xabaringiz bor. Oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun nimalar etishmayotganini bilamiz. Yil oxiriga qadar Superligadagi vaziyatni yaxshilashga, Elit OCHLda munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. Hozir "Paxtakor"da "perezagruzka" davom etmoqda. Uning mevasini keyingi yil ko'ramiz.
Muxlislarga murojaat qilmoqchiman. Qo'llab-quvvatlovingiz uchun rahmat, jamoa har bir o'yinda buni his qilib turibdi. Bunday oson bo'lmagan vaqtda biroz sabr qilish kerak. Keyingi mavsum biz kuchliroq bo'lamiz. "Paxtakor" butkul boshqacha bo'ladi.

- Sizningcha "Paxtakor" keyingi yil chempionlik uchun kurasha oladimi?

- "Paxtakor" har yili chempionlik uchun kurashishi va Elit OCHLda ishtirok etishi kerak. Bu muhokama qilinmaydi ham. Hozir klubning kelajagi uchun natijalarni biroz qurbon qilishimizga to'g'ri kelmoqda.
"Paxtakor" butkul boshqa yo'ldan ketmoqda: biz hoziroq natija qilish uchun qimmatbaho legionerlar va yoshi katta futbolchilarni xarid qilmaymiz. Biz uzoq muddat uchun poydevor quryamiz, uning asosi - yosh futbolchilar va akademiyamiz tarbiyalanuvchilari. Keyingi mavsum biz chempion bo'lishimizga ishonchim komil.




- Klubning selekciyasini qanday baholaysiz?

- Selekciyadan qoniqdim. Faqatgina kuchli hujumchini o'z tarkibimizga qo'sha olmadik xolos. Rahbariyat ham, biz ham hozir aynan shu nuqtani kuchaytirish kerakligini tushunib turibmiz. Yangi mavsum boshida klubga olib kelish uchun kuchli hujumchini izlashni boshlab yuborganmiz.
Qolgan nuqtalar bo'yicha muammo yo'q, har bir poziciyada kamida ikkitadan teng kuchli futbolchi bor. Bu jamoa chempion bo'la oladi. Asosiysi - keyingi yilga tarkibni saqlab qolish va hujumchi xarid qilish.

- O'zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Dastlabki ikki o'yindan keyin jamoamiz yaxshi tempda ketmoqda. Mundialga chiqish imkoniyati ajoyib. Bizda kuchli avlod va qobiliyatli yosh futbolchilar bor. Agar jamoa shunday davom etsa (bu birinchi navbatda natijalar haqida), JCH-2026ga chiqishimizga shubha qilmayman va biz bunga loyiqmiz.


Emil Bekmuxammedov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика