So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  0 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  10 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  36 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Majid Motlah: "O'ylashimcha, "Al Vahda" Dohaga kelganida biz guruhda birinchi bo'lgan va 1/8 finalda "Paxtakor"ga duch kelmagan bo'lardik" Yangiliklar

Majid Motlah: "O'ylashimcha, "Al Vahda" Dohaga kelganida biz guruhda birinchi bo'lgan va 1/8 finalda "Paxtakor"ga duch kelmagan bo'lardik"

Ertaga, 26 sentyabr kuni OCHL G'arb mintaqasida nimchorak final o'yinlariga start beriladi.

1/8 finalda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Eronning "Istiqlol" klubiga qarshi bahs olib boradi. Biroz avval "sherlar" yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra va himoyachi Anzur Ismoilovning matbuot anjumanida aytib o'tgan fikrlarini o'qigandingiz.

Piter Xyuistra: "Pley-off bosqichiga tayyormiz"

Anjumanning ikkinchi qismida "Istiqlol" bosh murabbiyi Majid Namjo Motlahga darvozabon Saidhusayn Husayni hamrohlik qildi.

M.Motlah: "Ertaga juda ham muhim o'yin bo'ladi. Har uch kunda o'ynash juda ham qiyin ekanligini bilamiz, lekin biz raqibga qaraganda ko'proq dam oldik. O'yindan-o'yinga kuchayib boryapmiz. "Al Ahli"ga qarshi bellashuvda haqiqiy kuchimizni ko'rsata oldik. "Al SHorta" ham kuchli raqib edi, lekin saudiyaliklarga o'yin biz uchun hal qiluvchi edi. Ertaga yangi daraja boshlanadi va u murakkabdir. Bizda jarohatlanganlar bor, biz o'yinchilarni ruhiy va jismoniy taraflama tayyorlay olishimiz kerak. Albatta, "Paxtakor"ning o'yinlarini tahlil qilib chiqdik. Natijaga erishish uchun o'z ustunliklarimizdan foydalanishimiz lozim".


S.Husayni: "Muhim uchrashuv. "Paxtakor" Osiyoning kuchli jamoalaridan biri, ularda kuchli va mashhur murabbiy bor. Bizning vazifamiz maydonga chiqish, g'alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish. Bellashuvga juda yaxshi tayyorlandik. Biz 2 yillik tanaffusdan so'ng yana guruhdan chiqdik. Murabbiyimiz "Istiqlol" bilan oldin CHempionlar ligasida g'olib bo'lgan. U har bir o'yinda bizga motivaciya bera oladi, biz imkon qadar uzoqqa borishni, xatto musobaqada g'olib chiqishni xohlaymiz".


- Siz "Paxtakor"dan ikkita kamroq o'yin o'tkazdingiz. Bu sizga ustunlik beradimi yoki yo'q?

M.Motlah: - Buni ijobiy tomoni ham, salbiy tomoni ham bor. Ijobiy tomoni bu - biz raqibdan jismoniy tomonlama yaxshiroq holatda bo'lamiz. Salbiy tomoni esa - biz xalqaro o'yinlarni raqibdan kamroq o'tkazdik. O'ylashimcha, "Al Vahda" Dohaga kelganida biz guruhda birinchi o'rinni olgan bo'lardik va nimchorak finalda "Paxtakor"dek kuchli jamoaga tushmagan bo'lardik.


- Sizda 3 nafar kuchli va etakchi o'yinchilar bor (Gayedi, Motahhari va Diabate). "Paxtakor" bilan o'yin ular uchun o'zini ko'rsatish imkoniyati bo'ladi, ularga bir qator arab klublari qiziqishmoqdayu Keyingi mavsumda ham ularni olib qola olasizmi?

M.Motlah: - Gayebi, Motahhari va Diabate biz uchun muhim o'yinchilar. Lekin, bizda yana 25 nafar futbolchi bor va ularnipng hammasi iqtidorli. Masalan, "Al Ahli" bilan o'yinda hisob 0:0 bo'lib turganda yonimda o'tirgan darvozabonimiz juda yaxshi seyvni ijro etdi va bu seyv natijaga tasir qildi.


- "Paxtakor" bu erdagi ko'plab jamoalardan farq qiladi. Ular siz oldin o'ynagan arab klublari kabi emas, balki evropacha o'yin ko'rsatishadi, ular jismonan kuchli. Siz bunday raqibga qarshi tayyormisiz?

S.Husayni: - Biz "Paxtakor"ni tahlil qilib chiqdik. Haqiqatdan ham ular boshqalardan farq qiladi. Lekin, biz ularning qanday o'ynashini bilamiz. Bu qiyin bahs bo'ladi, lekin biz ko'p yillardan beri CHempionlar ligasida harakat qilib kelamiz va hamisha istalgan uslubdagi raqibga qarshi tayyor turamiz.


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Istiqlol" bahsi ertaga, 26 sentyabr kuni "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 20:45 (Toshkent vaqti bilan 22:45)da start oladi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика