So’nggi yangiliklar

17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  0 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  0 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  0 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  4 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  4 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  4 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  9 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0

MAHMUD RAHIMOVNI XOTIRLAB… Yangiliklar

MAHMUD RAHIMOVNI XOTIRLAB…

Teglar :  Mahmud Rahimov
"Lester"ni chempionlar qatoriga qo'shib ketgan Vishay SHrivaddanaprabxa endi yo'q. Huddi shunday "Dinamo"ni chempionlar qatorida ko'rishni istagan Mahmud Rahimovni yod olishga qaror qildi.

Mahmud aka Rahimov 1955 yilning 1 iyun kunida tavallud topdilar. Jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan va futbolchilik faoliyatida asosan ikkinchi liga jamoalarida to'p surgan ushbu bo'lajak murabbiy, milliy futbolimizdagi faoliyatining dastlabki qismini tashkilotchi sifatida boshladi. Har bir ishga bo'lgan talabchanligi va qator ijobiy xislatlari evaziga Mahmud Rahimov 1996 yilda «Do'stlik» futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Uning murabbiylikdagi yorqin faoliyatining boshlanishi 1995-yilga to'g'ri keladi. O'sha yili Mahmud Rahimov Toshkent viloyatining "Do'stlik" jamoasiga bosh murabbiy  sifatida taklif etiladi va qisqa vaqt ichida jamoani O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biriga aylantiradi. Bu jamoadagi muvaffaqiyatlari evaziga Rahimov 1998 yilda O'zbekiston milliy terma jamoasida jamoa boshlig'i sifatida ish boshladi.


Bir yil o'tib, milliy terma jamoamizning murabbiylik vazifasini ham Mahmud Rahimovga topshirishdi. Mamlakat terma jamoasi murabbiyi nomi har qancha masuliyatli bo'lmasin, yosh mutaxasis dastlabki o'yinlardanoq barchaning ishonchini oqlashga kirishdi va uning qo'l ostidagi ilk musobaqa – Osiyo chempionati saralash bosqichida terma jamoamiz ajoyib natijalarga erishdi. Mahmud Rahimov terma jamoada barchasi bo'lib etti uchrashuvda bosh murabbiylik faoliyatini olib bordi va ularning oltitasini g'alaba bilan yakunlagandi. Birgina hech narsani hal qilmaydigan uchrashuvda Tailanddann mag'lubiyatga uchralgandi (0:1). O'rtoqlik uchrashuvlarni Samarqandda o'tkazgan terma jamoamiz o'sha bahslarda Malayziya terma jamoasini yirik 3:0, Ozarbayjon futbolchilar ustidan esa 5:1 hisobidagi chiroyli g'alabalarga erishishgandi. Aynan uning bosh murabbiyligi paytida terma jamoaning bugungi kundagi  eng yaxshi to'purari Maksim SHackix terma jamoadagi debyut uchrashuvini o'tkazadi. Ozarbayjonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida hozirda Kievning "Arsenal" jamoasi hujumchisi sanalgan SHackix ilk bor ko'ksida O'zbekiston terma jamoasi ramzi tushirilgan futbolkada maydonga tushgan va xet-trekka (!) erishgandi. Yana bir etiborli jihati Osiyo chempionati saralash bosqichida futbolchilarimiz ushbu murabbiy boshqaruvida ilk marotaba safarda BAA termasini dog'da qoldirishgandi va ushbu muvaffaqiyat termamizga Livanda o'tkazilgan Osiyo chempionatiga yo'llanma taqdim etgandi. Bu g'alabalar ketma-ketligi O'zbekiston terma jamoasining o'z tarixida birinchi marotaba FIFA reytingida 55-o'ringa ko'tarilishiga zamin yaratgan edi.





1999 yilda Mahmud Rahimov Samarqandning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi lavozimiga ham tayinlandi. Uning oldiga juda murakkab vazifa turardi. Zero, samarqandliklar jamoasi 1998 yilda Birinchi ligada ishtirok etishgan va bir yil o'tib yana Oliy ligaga qaytishgan edi. Asosan yosh futbolchilardan tarkib topgan jamoani qabul qilib olgan Mahmud Rahimov yoshlardagi shijoat va o'z tajribasini ishga solib qisqa fursat ichida Samarqandda chempionlik uchun davogarlik qiladigan klubni barpo etdi. Ko'hna shahar muxlislari o'sha vaqtlarda «Dinamo»ning har bir o'yiniga stadionni to'ldirib o'tirishar, jamoalarini tinmay qo'llab-quvvatlashardi. Bunga javoban Mahmud Rahimov shogirdlarim ham chiroyli o'yin va ajoyib g'alabalar bilan barcha samarqandlik ishqibozlarga bayram uyushtirishardi. Bir so'z bilan aytganda, mahoratli murabbiy «Dinamo» va muxlislar o'rtasida shunday yaqinlik paydo qilgan ediki, futbolga ipsiz bog'lanib qolgan futbol ixlosmandlari Samarqanddagi uchrashuv boshlanishiga hatto besh soat qolganida o'yingohni to'ldirib o'tirishardi. Nafaqat Samarqand, balki qo'shni viloyatlardan ham yuzlab muxlislar Mahmud Rahimov jamoasining o'yinidan zavq olish uchun uzoq yo'llardan tashrif buyurishardi. O'sha yili butun mavsum davomida chempionlik uchun kurashgan dinamochilar mavsum so'ngidagi omadsizliklari bois o'z tarixlaridagi eng yaxshi natija to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritishgandi.

Barcha muxlislarning kelasi 2000 yilgi futbol mavsumidan umidi juda katta edi. Terma jamoamiz muxlislari Osiyo chempionatida O'zbekiston termasining muvaffaqiyatli o'yinini kutishardi. SHu bilan birga «Dinamo» jamoasi muxlislari 2000 yilgi chempionatda Mahmud Rahimov qo'l ostida samarqandlik futbolchilarning O'zbekiston chempioni nomiga davogarlik qilishlarini intiqlik bilan kutishardi, tayyorlanishardi, biroq….

1999 yil, 24 dekabr… Yangi yil arafasida chop etilgan futbol gazetalari sahifalarida elon qilingan xabar barcha futbol ishqibozlarini karaxt ahvolga solib qo'ydi. Bu xabar quydagicha edi:
«O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Samarqandning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Mahmud Rahimov 24 dekabr seshanba kuni Toshkent-Samarqand avtotrassasida avtohalokatga uchradi. 44 yoshli murabbiyning avtomashinasi yo'lda «KamAZ» yuk tashuvchi mashinasi bilan to'qnashib ketdi. Oqibatda, nafaqat O'zbekistonning balki Osiyoning eng mahoratli bo'lgan futbol murabbiylaridan biri voqea joyida vafot etdi» - deya yozilgan edi o'sha mashum xabarlarda.




«O'limidan keyin eng yaxshi» nomi ostida chiqqan maqola O'zbekiston terma jamoasi tarixida eng muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan, terma jamoamiz uchun Maksim SHackix degan nomlarni kashf qilib bergan marhum mutaxassis Mahmud Rahimov haqida edi. Zero, 1999 yil «Osiyoning eng yaxshi murabbiyi» unvoni O'zbekiston terma jamoasining sobiq ustozi Mahmud Rahimovga berilgan edi. Mahmud Rahimov o'limidan so'ng bunday nomga erishgan yagona mutaxassis sanaladi. Afsuski uning o'zi bu etirof ko'rmay ketdi. Terma jamoa uning rahabarligida 2000 yilgi Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritgan, ammo murabbiy avtohalokatga uchrab olamdan ko'z yumgandi. Beshafqat taqdir bu g'alabalarning davomli bo'lishiga yo'l qo'ymadi. Qita birinchiligiga jamoani umuman boshqa bir mutaxassis olib bordi va...omadsiz yakun. «Dinamo» muxlislari ham Mahmud Rahimov qo'l ostida ko'rsatilgan natijani boshqa ko'ra olishmadi. Muxlislarning umidlari, niyatlari, barcha-barchasini Mahmud aka o'zlari bilan u dunyoga olib ketdilar…

Ha, Mahmud Rahimov chindan ham kuchli mutaxassis edi. Murabbiyning qisqa faoliyati so'zimizga misol. Ana shunday mutaxassisni unutib yuborishga haqqimiz yo'q. Mahmud Rahimov qalblarimizda yashashi kerak!


Usmon Ibodov, "Erudit Sport"

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика