So’nggi yangiliklar

09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  13 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  3 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  3 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  15 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2

Maguayrning qulashi: futbol tarixidagi eng qimmat himoyachidan memlar qiroligacha Yangiliklar

Maguayrning qulashi: futbol tarixidagi eng qimmat himoyachidan memlar qiroligacha

Xarri Maguayr - eng ko'p tilga olinadigan ingliz futbolchilaridan biri.

Biroq u haqda asosan salbiy fikrlar aytiladi. “Manchester Yunayted” himoyachisini MYU muxlislari, boshqa muxlislar, “Manchester Yunayted” afsonalari va televidenie mutaxassislari ham muhokama qilishadi. Ularning barchasi futbolchining o'rni “qizil iblislar” safida emasligini, o'yinlarining saviyasi esa avvalgidan ancha past ekanligi haqida gapirishmoqda.

Maguayr “Lester”da sifatli himoyachi edi, shuning uchun “Manchester Yunayted” unga asosiy himoyachi sifatida qaradi. 2019 yilning yozida mankunianliklar futbolchini jamoaning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsherning iltimosiga ko'ra sotib olgandi. Transfer summasi 87 million evroni tashkil qildi. Angliyalik tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylandi.

Sulsher Maguayrning transferidan xursand edi. Mutaxassis angliyalikni nafaqat yuqori saviyali himoyachi, balki jamoa etakchisi deb hisobladi. Birinchi mavsumdayoq norvegiyalik yangi kelgan himoyachini jamoa sardoriga aylantirdi. Murabbiyning futbolchiga bo'lgan ishonchi cheksiz edi. Atigi olti oy ichida Maguayr dunyoning eng qimmat himoyachisi va Evropaning eng nufuzli klublaridan birining etakchisiga aylandi. Xarri boshida katta bosimda edi, u bu narsalarni qabul qilib olishi uchun malum muddat kerak edi, biroq jamoa bosh murabbiyining ishonchi tufayli, u unchalik qiyinchilikka uchramadi.

Dastlabki ikki mavsumda Xarri APLda jami 72 ta o'yin o'tkazdi. “Manchester Yunayted” ushbu mavsumlarda 3 va 2-o'rinlarni egalladi. Umuman olganda, bu yaxshi ko'rsatkich edi. 2021/22 yilgi mavsumda Maguayr javobgar bo'lgan himoyadagi o'yin tufayli ham vaziyat yomonlasha boshladi. Avvaliga “Yunayted” “Lester”dan 4 ta, keyin “Liverpul”dan 5 ta gol o'tkazib yubordi. 2021 yilning 20 noyabr kuni mankunianliklar “Uotford”ga mag'lub bo'lib, yana 4 ta gol o'tkazib yuborishdi. Bu o'yin Sulsher uchun “Manchester Yunayted” boshchiligidagi so'nggisi bo'ldi va jamoa sardori uchun yomon kunlarning boshlanishi edi.

O'sha paytdan boshlab Maguayr ko'proq xato qila boshladi va sheriklarining ishonchini yo'qotdi. Ayrim o'yinchilar sardorning o'yinidan noroziligini ochiq bildira boshladi. Markos Roxoning takidlashicha, Xarri maydonga faqat transfer narxi tufayli tushardi. O'sha mavsum oxirida mankunianliklar “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Brayton”dan 4 tadan, “Arsenal”dan esa 3 tadan gol o'tkazib yuborishdi.



2022 yilda sardorning kelajagi borasidagi savollarga yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag javob berdi. Yangi mutaxassis Xarrini jamoa etakchisi sifatida ko'rishini malum qildi. Garri haqiqatan ham mavsumni odatdagidek asosiy tarkibda boshladi. Lekin bu faqat dastlabki 2 o'yingacha etdi. Manchesterliklar ushbu uchrashuvlarning birida “Brayton”dan 4 ta gol qabul qilib oldi.

SHundan so'ng Xarri Maguayr 3 ta o'yinni zaxirada o'tkazdi, to'rtinchisida esa 10 daqiqa harakat qildi. “Yunayted” ushbu 4 uchrashuvda g'alaba qozondi, jumladan, “Liverpul” va “Arsenal”ni mag'lub etdi. SHu bilan birga mankunianliklar o'z darvozalaridan atigi 2 ta gol o'tkazib yuborishdi. Keyin Xarri jarohati tufayli safdan chiqdi, shundan so'ng Lisandro Martinez uning joyini to'liq egalladi. O'tgan mavsum Maguayr uchun omadsiz o'tdi. Futbolchi 8 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan, 8 marta zaxirada maydonga tushgan va 15 ta o'yinda zaxirada qoldirilgan.

So'nggi 2 yil davomida Xarri mutaxassislar tomonidan jiddiy tanqid qilindi va muxlislar uni tobora ko'proq gapirishmoqda. Maguayr uchun so'nggi zarba ten Xagning undan sardorlik bog'ichini olib tashlagani bo'ldi. 

Ko'rinib turibdiki, Xarri jiddiy ruhiy tushkunlikka tushgan. “Manchester Yunayted”da uni hech kim qo'llab quvvatlamay qo'ydi. Futbolchini hech kim klubdan haydamayapti, biroq unga o'yin amaliyoti kerak. Ten Xag yangi mavsumda markaziy himoyaning asosiy juftligi Martines va Rafael Varan bo'lishini malum qildi. Mutaxassis, agar u ketishga qaror qilsa, uning qarorini hurmat qilishini malum qildi. 

Maguayrning potencial transferiga uning yuqori maoshi to'sqinlik qilmoqda. Qolaversa, futbolchi uchun katta pul sarflagan “Yunayted”ning talablari juda katta. “Vest Xem” va “Everton” himoyachi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor, biroq ular bari bir mankunianliklarning talablarini bajara olishmayapti. Himoyachi amaldagi jamoasiga ortiqchalik, boshqalarga qimmatlik qilmoqda. Vaziyat barcha tomonlar uchun muammoli bo'lib qolmoqda. Transfer bozoriga deyarli 2 hafta qoldi va himoyachining kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика