Maguayr: "Agar "Siti" 115ta ish bo'yicha aybdor deb topilsa, ulardan 60-100 ochko olib tashlanishini kutish kerak"
14 sen 16:54
Yangiliklar
Maguayr: "Agar "Siti" 115ta ish bo'yicha aybdor deb topilsa, ulardan 60-100 ochko olib tashlanishini kutish kerak"
Moliyaviy ekspert Kiran Maguayr "Manchester Siti"ning feyr-pley qoidalarini buzgani uchun qanday jazolar kutayotganini aytdi.
"Manchester Siti" 2009/10 mavsumdan 2017/18 mavsumgacha bo'lgan davrda 115ta moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanayotgan edi.
Ushbu ish bo'yicha yakuniy qaror 2025 yilning martida elon qilinishi mumkin.
"Agar 115ta ishda ular nohaq deb topilsa, "Siti" sezilarli darajada ochkolar echib olinishiga tayyor turishi kerak.
Bu holatda jarima 60-100 ochko bo'lishi mumkin, chunki jazoni istayotganlar "Manchester Siti" yuqori diviziondan tushib ketishini xohlamoqda.
Eshitish 8 haftadan keyin yakun topishiga qaramay, har bir 115ta ish bo'yicha alohida alohida qaror qabul qilishga to'g'ri keladi.
Agar ular barchasida aybdor deb topilishsa, jazo jiddiy bo'ladi va bu yo'ldan yurishni istaganlar fikridan qaytib qolishi mumkin" - dedi Maguayr.
Fikrlar