So’nggi yangiliklar

12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  0 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  7 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  3 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  0 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  12 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  4 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0

Maestroning ajoyib starti: Pirlo buyuk murabbiy bo'la oladimi? Yangiliklar

Maestroning ajoyib starti: Pirlo buyuk murabbiy bo'la oladimi?

20 sentyabr kuni "Yuventus" uyda "Sampdoriya"ni 3:0 hisobda mag'lub etdi.

O'yin ajoyib bo'ldi. Uchrashuvni tomosha qilayotganlarning tepa sochi tikka bo'ldi. U nima qilyapti? SHunaqa bo'lishi ham mumkinmi?

Sen faoliyatingdagi birinchi o'yinni o'tkazmoqdasan, biroq darhol seni buyuklik darajasiga olib chiqadigan ishlar qilyapsan. Ha, hammaning qo'lidan ham kelavermaydi. Tan olish kerak. Xo'sh, unday bo'lsa, Andrea Pirlo qanday qilib ko'pchilikni qoyil qoldirganini birma-bir o'rganib chiqamiz.


Janluka Frabotta chapda

Bahsdan bir kun avval Aleks Sandro jarohat oldi, De SHilo o'z poziciyasida transfer bozorida favorit hisoblanmoqda. Asosiy raqib Luka Pellegrini. U esa aksincha, unga bo'lgan talabdan foydalanib, chemodanlarini yig'ib o'tiribdi. Aftidan hech qanday variant yo'qqa o'xshardi. Ammo Pirlo uchun emas. U o'sha poziciyaga Frabottani qo'ydi. Uni Paratichi "Bolonya" primaverasidan topgandi. U g'ayrioddiy sxema bilan qanotda "porladi".

Endi esa Allegri yarim yil mobaynida Dibalaga pand bergani hamda Sarri top klubga moslasholmadi yo qandaydir sabab-bahonalar bilan Remzini tarkibga kiritmaganini yodga oling...


Ueston Makkenni

Ikkinchi o'zgarish texaslik bilan bog'liq bo'ldi. Yana o'sha gaplar: atigi 22 yosh, Italiya chempionatiga moslashib ulgurmagan. Qolaversa, Bentankur yoki Artur bor va hokazo. Ammo ajoyib yanki (amerikaliklarning taxallusi, amerikalik) maydonga tushdi va Davids usulida hamma joyni "gullatib yubordi".

Kamiga u haqida yaxshi pas berolmaydi deb ham yozishgandi. Xo'sh-xo'sh?!


Normal holatdagi Remzi 

"Yuventus" Aaron Remzini sotib olganda uning bazi muxlislari futbolchi A Seriyani "yondirib yuborishini" va Ronalduni yangi darajaga chiqishida yordam berishini aytishgandi. Mavsum boshlandi va Aaron tariflardagi qaxramonga o'xshamasligi tobora bilinib qolardi. Maydonda deyarli ko'rinmas futbolchi, qo'shimchasiga, jarohatlarga ham moyilligi bor edi. Mavsumning birinchi yarmida faqat Ronalduning jarimadan golini tortib olgani bilan yodda qoldi.

"Inter" bilan o'yinda qandaydir uchqun ko'rindi, lekin u ham tezda so'ndi. Yakun xuddi start kabi bo'ldi. O'tgan mavsum xuddi Remzi katta futbolda bo'lmagandek edi. Normal holatdagi Remzini biz kuni-kecha ko'rdik, avval boshida aytilgan tariflar qisman haqiqat ekan: 6ta vaziyat yaratuvchi uzatma va bitta golli uzatma. Boshlanishi yomon emas.


Krishtianu Ronaldu

Beshta gol urishi ham mumkin edi. Audero qutqarib qoldi, ustun, ikki santimetrga noaniq zarba va hayratlanarlisi, boshqa tomondan hayratlanishga hojat ham yo'q, jarima zarbasini amalga oshirdi, ijro biroz pand berdi. Hayron bo'lmang, chunki Ronaldu zarba berish uslubini o'zgartirdi: o'shandan buyon "Torino"ga va terma jamoa safida jarimadan gol urdi. Bu esa avvalgi ikki mavsum bilan solishtirganda ancha yaxshi ko'rsatkich.

Bir uchrashuvda 10 zarba (lekin ularning 6tasi jarima maydoni tashqarisidan edi) va 1 gol... Ronaldu bundan ko'prog'iga qodir ekanligini butun dunyo biladi. Pirlo ikki yilcha avval bu haqida gapirgandi va murabbiy sifatida birinchi o'yinidayoq gaplariga javob bera oldi, yarim himoya Ronalduni to'p bilan taminlay oldi. Sarri bilan ham, Allegri bilan ham portugaliyalik bir o'yinda buncha imkoniyatga ega bo'lmagandi.


Gibrid sxema

"Yuventus" 3-2-5 taktik sxemasida hujum qiladi. Bonuchchi, Kellini va Danilo uchligi orqaroqqa joylashgan bo'lsa, Frabotta va Kuadrado esa muntazam ravishda oldinga o'tib, sal kam hujumchi bo'lib harakat qilishdi. Bu esa "Sampa" himoyasini keng o'ynashiga olib keldi. Markazda Rabo va MakKenni hukmronlik qilishdi.

Himoyalanishda esa jamoa 4-4-2 ko'rinishda joylashib olardi, Frabotta himoyachilar chizig'iga tushar, qarama-qarshi qanotda Danilo bo'lsa, markazda Bonuchchi va Kellini joylashardi. Remzi chap qanotni, Xuan o'ng qanotni yopardi. Kulusevski pressingni boshlab, Rabo va Makkeni davom ettirardi. Ikki marta bu ishga hatto portugaliyalik yulduz ham qo'shildi.


Xulosa

Etiborlisi bularning barchasi birinchi o'yinda. Bahonalarsiz, adaptaciyaga vaqt kerak, "kutib turing"larsiz. SHunchaki tasanno! Kimdirlar daniyalik top futbolchini jamoasiga, taktikasiga yarim yil moslashtirishga urinsa, Pirlo ikki-uch haftada bir nechta yangi futbolchilari bor jamoani ajoyib holatda o'yinga olib tushdi.

Bu bor yo'g'i birinchi o'yin dersiz, lekin jamoa muxlislari hozirdanoq bu qaror uchun Anelliga rahmat desalar arziydi. Oldinda oxirgacha kurashishga tayyor "Roma". Rimliklar markaziy himoyachisi rolida Kristanteni ko'ramiz va allaqachon jamoadan ketishga tayyor bo'lib ulgurgan Jeko. Davom eting, Maestro!


Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика