Lyuka Ernandes "Real"ga hech qachon o'tmasligi sababini aytdi
16 okt 2019 23:55
Yangiliklar


Lyuka Ernandes "Real"ga hech qachon o'tmasligi sababini aytdi
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes "Real"ga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
"Ushbu yozda haqiqatdan ham "Real" men bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgandi. Biroq men ushbu jamoaga umuman o'tmagan bo'lardim. Sababi, men "Atletiko" tarbiyalanuvchisiman. Bu klub menga uzoq yillar davomida ko'p narsa berdi", - dedi himoyachi.
23 yoshli franciyalik 2014-2019 yillar davomida "Atletiko" sharafini himoya qildi. "Bavariya" ushbu futbolchini 80 million evroga sotib olgandi. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 7 o'yinda qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar