So’nggi yangiliklar

15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  1 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  11 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19

Lyubinko Drulovich: "Hozirda bizni havotirga solayotgan jihatlar yo'q" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Hozirda bizni havotirga solayotgan jihatlar yo'q"

8-26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

Olimpiyachilarimiz ustozi Lyubinko Drulovich tayyorgarlik jarayoni hamda oldindagi rejalar xususida o'z fikrlarini bildirdi:

- Oldinda bizni juda masuliyatli musobaqa kutib turibdi. Hozirda Osiyo chempionatiga hozirlik jarayonining yakuniy bosqichidamiz. Dastlab Toshkentda shug'ullanamiz, keyin 16 dekabrdan esa BAAda mashg'ulotlarni davom ettiramiz. Hali qita chempionatigacha o'rtoqlik o'yinlarida ham maydonga tushamiz.

Ayni paytda ixtiyorimizda bo'lgan futbolchilar nomzodlar orasida eng saralari, deb hisoblayman. Osiyo chempionatiga 23 nafar eng munosib futbolchilar bilan yo'l olamiz. Hozirda jarohat yoki boshqa shunga o'xshash bizni havotirga solayotgan jihatlar yo'q.

Musobaqadagi ilk o'yinni Eron olimpiya terma jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Guruhda shuningdek, Janubiy Koreya va Xitoy termalari bilan bahs olib boramiz. Har bir raqibni o'rgandik, bu jarayon hamon davom etyapti. Har bir uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik bilan chiqamiz.

Jamoada muhit alo darajada. Yigitlarda kayfiyat yaxshi. Hamma do'stona aloqada. Umid qilaman, biz qita chempionatida yaxshi o'yin namoyish etamiz. O'zbekistonlik futbol ishqibozlariga ajoyib g'alabalar taqdim etish uchun bor kuch-mahoratimizni ishga solamiz, - dedi tajribali mutaxassis.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика