So’nggi yangiliklar

22:19Суперлига. Турнир тубидагилар тўқнашувида "Қизилқум" меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  7 21:50Ансу Фати: "Барселона"дан доимо миннатдорман"  0 21:25Расман: Мирко Йеличич "Олимпик"дан кетди  2 21:15МЮ собиқ мураббийи Санчо ҳақида: "У машғулотларда энг зўрларидан бири эди, лекин..."  1 20:44"Зенит"га ўтган футболчи "Ал Насср"да 30 млн евро маош олиши мумкин эди  0 20:05"Флуминенсе" сардори Тиаго Силванинг нутқи тармоқларни "портлатмоқда"  3 19:47Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди  18 19:20Клопп: "Диогу нафақат фантастик футболчи, балки ажойиб дўст, меҳрибон эр ва ота эди!"  1 18:45"Реал" футболчиси жамоани тарк этиши учун пул таклиф қилди  12 18:16"Барселона" 3 нафар футболчисини трансферга қўяди: Каталония клубини ким тарк этади?  6 17:53Мюллер футболдаги трансфер нархларини танқид қилди  3 17:40Ҳужжатларни сохталаштириш билан боғлиқ ҳолат сабаб "Нефтчи" ходимларининг иши ЎФА қўмитасида кўриб чиқилади  15 17:18Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди  2 16:50"Нефтчи" ишончли ғалабага эришиб, 3-поғонага жойлашган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35Лейла Ораниязова: "Лаосга қарши бироз қийналдик"  0

Lyubinko Drulovich OFK saytiga bergan intervyusida: "O'zbekistonning Olimpiadaga chiqmagani bosim emas, motivaciya beradi" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich OFK saytiga bergan intervyusida: "O'zbekistonning Olimpiadaga chiqmagani bosim emas, motivaciya beradi"

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich OFK saytiga intervyu berdi.

Xabaringiz bor, ayni paytda olimpiyachilarimiz Dubayda tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. 8-26 yanvar kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston amaldagi chempion sifatida o'z titulini himoya qilishga harakat qiladi. 

Navbatdagi Osiyo chempionati ikki yil oldingisidan ancha muhim. CHunki bunda Olimpiada yo'llanmasi uchun kurash kechadi. Lyubinko Drulovich o'z intervyusida masalaning shu jihatiga alohida etibor qaratdi. 

- "U-23 Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi, biz buni juda yaxshi tushunib turibmiz, - deydi serbiyalik mutaxassis. - 2018 yilgi turnirda O'zbekiston chempion bo'lgandi, muxlislar bu safar ham sovrinli o'rinlarni kutishadi. Yana muvaffaqiyat qozonish uchun juda yuqori darajada bo'lishimiz kerak, negaki musobaqada kuchli jamoalar o'ynaydi". 

- "Biz joy olgan guruh eng kuchlisi. Guruh o'yinlarini Eron, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazamiz. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz va ularning kuchiga tan beramiz, lekin biz ham qarab turmaymiz. Men shogirdlarimga ishonaman, bizda guruhda birinchi o'rinni egallash uchun salohiyat bor". 

Lyubinko Drulovich o'z intervyusida Olimpiada o'yinlariga chiqish O'zbekiston uchun naqadar muhim voqea bo'lishini aytib o'tdi: - "Ha, O'zbekiston hali Olimpiada o'yinlarida ishtirok etmagan. Lekin bu bizga bosim o'tkazmaydi, aksincha kuchli motivaciya beradi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi orqali tarix yaratishga harakat qilamiz. Olimpiada o'yinlariga chiqish O'zbekiston uchun katta obro' olib keladi. CHunki bu tarixiy yutuq bo'ladi. SHu orqali futbolga yangi investiciya kirib keladi. Biz hammasini juda yaxshi tushunib turibmiz". 

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика