Lutfulla To'raev Istanbulda operaciya qilindi, u 3-4 oyga safdan chiqdi
15 jan 2023 17:14
Yangiliklar


Lutfulla To'raev Istanbulda operaciya qilindi, u 3-4 oyga safdan chiqdi
Turkiyaning Antaliya shahrida tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi"ning futbolchisi Lutfulla To'raev kechagi mashg'ulotlar jarayonida jarrohatga uchrab, shifoxonaga yotqizildi.
Bugun u Istanbul shahrida malakali mutaxassislarning qo'ygan tashxisiga ko'ra, axill paylariga shikast etkazilgani aniqlandi va futbolchi muvaffaqiyatli operaciya qilindi.
Bugundan boshlab Lutfulla To'raev reabilitaciya (tiklanish)ga kirishadi. Mutaxassislarning fikricha, reabilitaciya jarayoni taxminan 3-4 oy davom etadi", - deb yoziladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar