So’nggi yangiliklar

15:32Кингсли Коман "Ал Насср"га ўтди — Here We Go!  2 15:03Here we go: "Манчестер Сити" ўз футболчисини "Эвертон"га ижарага бермоқда  1 13:33Иско жиддий жароҳат олди  1 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  5 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  1 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  6 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  7 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  4 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  5

Lushan "So'g'diyona"ga kimlarni taklif qilmoqda? Yangiliklar

Lushan "So'g'diyona"ga kimlarni taklif qilmoqda?

Teglar :  So'g'diyona
Xabaringiz bo'lsa kerak, Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Bosh murabbiy Sergey Lushan selekciya jarayonida asosiy etiborni hozircha yoshlarga qaratmoqda. Xususan, o'tgan mavsum "Neftchi" tarkibida xarakat qilgan jizzaxlik iqtidorli hujumchi Doston Toshmatov "So'g'diyona" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Takidlash lozimki, 25 yoshli futbolchi bugun "Andijon"ga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'yishga erishdi. 

Undan tashqari o'z vaqtida "Paxtakor" safida kelajagi porloq o'yinchi sifatida etirof etilgan markaziy yarim himoyachilar - Jamshid Boltaboev bilan Javohir Sohibov ham ayni damda jizzaxliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. 

Sergey Ivanovich PRO-Liga klubdlaridan ham bir nechta o'yinchilarni jamoasiga taklif etgan. Yani, "Mashal" himoyachisi Iskandar SHoyqulov, "Surxon"dan Daniel Nasriddinov hamda "Nurafshon"dan Murod Rajabov hozirda "So'g'diyona"da qolish uchun astoydil ter to'kmoqda. 

Yana shuni ham aytish lozimki, o'tgan mavsumning birinchi qismi yakuniga etgach, jamoa bilan xayrlashgan iqtidorli darvozabon Dilshod Hamroev yana "So'g'diyona" safiga kelib qo'shilgan.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика