Lushan: "SHomurodov, Hamdamov va SHukurov hali ko'p ishlashlari kerak"
13 fev 2017 13:25
Yangiliklar
Lushan: "SHomurodov, Hamdamov va SHukurov hali ko'p ishlashlari kerak"
Toshkentning "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan jamoaning ayni damdagi asosiy maqsadi nima ekanligini aytdi.
"Xorijda ikkita yig'in o'tkazdik. Bu yig'inlar chog'ida 11ta o'yin o'tkazdik. Baxtiyor Melievich bir qator yoshlarni sanab o'tdilar. Yoshlar juda ko'p o'z ustilarida ishlashda davom etishlari kerak. SHomurodov, Hamdamov va SHukurov menimcha hali futbolchi emas, qanday qilib ularni yulduz qilib yuborishdi? Balki ular terma jamoada va klubda o'ynaganlari uchun shundaydir. Hali ko'p ishlashlari kerak. Hozir asosiy maqsadimiz 21 fevral kungi “Al Ahli” bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Bu umuman boshqa saviyadagi o'yin hisoblanadi. Ularni mag'lub etishga urinamiz" - deydi Sergey Lushan.
O’xshash yangiliklar
10:48
Intervyu. Sergey CHigodaev: "Abduqodir balki o'zimizda qolganida hozirgi darajaga chiqmasdi" 5
Fikrlar