Lukas Moura faoliyatini Angliya, Italiya yoki Franciyada davom ettirishi mumkin
07 fev 2023 17:26
Yangiliklar
Lukas Moura faoliyatini Angliya, Italiya yoki Franciyada davom ettirishi mumkin
"Tottenxem" hujumchisi Lukas Moura faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligi malum bo'ldi.
Braziliyalik futbolchi iyun oyida tugaydigan shartnomasini yangilamaydi va klubni erkin agent sifatida tark etadi. UOL xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchiga Angliya, Italiya va Franciya klublaridan takliflar bor.
“San-Paulu” ham yarim himoyachining holatini kuzatib bormoqda, biroq Moura faoliyatini Evropada davom ettirishni rejalashtirmoqda. Forvard kamida uch mavsumga shartnoma imzolashni kutmoqda, chunki u uzoq muddatli loyihalarga qiziqmoqda.
Moura 2018 yildan beri "Tottenxem"da o'ynab keladi. U bilan amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Moura barcha turnirlarda 11 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchini 12 million evroga baholagan.
Fikrlar