Lukakuning "CHelsi"ga o'tishidan MYU qancha mablag' olishi malum
07 avg 2021 22:25
Yangiliklar
Lukakuning "CHelsi"ga o'tishidan MYU qancha mablag' olishi malum
Romelu Lukaku "Inter"dan "CHelsi"ga o'tishga yaqin.
Hujumchi "Inter"dan "CHelsi" klubiga 115 mln evro evaziga o'tmoqda. The Athletic nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" klubi ushbu transfer summasidan 4 mln evro miqdoridagi mablag'ni oladi. MYU Lukakuni 2019 yil "Inter"ga sotayotganda, shartnomada qayta sotuvdan malum miqdorda pul olishi qayd etilgandi. Ushbu pul faqatgina foydadan emas, transferning umumiy qiymatidan kelib chiqib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Lukaku o'tgan mavsum A Seriyada 24ta gol urgan holda, "neradzurrilar"ning eng yaxshi to'purariga aylangandi.
Fikrlar