Lukaku va "CHelsi" shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi
04 avg 2021 23:56
Yangiliklar
Lukaku va "CHelsi" shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, forvard Romelu Lukaku "CHelsi" bilan shartnoma imzolaydi.
Unga ko'ra, futbolchining yillik maoshi 15 mln evroni tashkil qiladi. U "aristokratlar" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. Ayni damda "Inter" "CHelsi"dan transfer uchun 130 mln evro so'ramoqda.
Eslatib o'tamiz, dastlabki variantda "CHelsi" Lukaku uchun 100 mln evro hamda Markos Alonsoni taklif qilgan, ammo "neradzurri" bunga rad javobini bergandi.
Lukaku 2011-2014 yillar davomida "CHelsi"da o'ynagan.
Fikrlar