Lukaku Tuxel bilan gaplashdi
04 avg 2021 18:01
Yangiliklar
Lukaku Tuxel bilan gaplashdi
"Inter" hujumchisi Romelu Lukakuning "CHelsi"ga qaytishi haqiqatga aylanmoqda.
Taniqli italiyalik jurnalist Alfredo Pedullaning malumotiga ko'ra, Lukaku London jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan gaplashgan.
Oldinroq xabar berilganidek, Lukaku yana "CHelsi" libosini kiyishga tayyor.
28 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 54ta o'yinda maydonga tushib, 38ta gol va 12ta assist qayd etdi.
Fikrlar