Lukaku: "O'tgan oyda ko'plab futbolchilar irqchilikdan azob chekishdi, menda bunday vaziyat kecha sodir bo'ldi"
02 sen 2019 19:15
Yangiliklar


Lukaku: "O'tgan oyda ko'plab futbolchilar irqchilikdan azob chekishdi, menda bunday vaziyat kecha sodir bo'ldi"
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku A Seriya 2-turidan o'rin olgan "Kalyariga" qarshi o'yinda irqchilik bo'yicha haqorat qilindi.
Romelu esa bunga quyidagicha izoh berdi:
""O'tgan oyda ko'plab futbolchilar irqchilikdan azob chekishdi, menda bunday vaziyat kecha sodir bo'ldi. Futbol hamma rohatlanadigan o'yin va biz kamsitishning har qanday ko'rinishini qabul qilmasligimiz zarur. Umid qilamanki, butun dunyodagi futbol federaciyalar bunday illatlarga qattiq qarshilik ko'rsatishadi.
Ijtimoiy media va OAV ham yaxshiroq ishlashi kerak, chunki har kuni siz irkchilikka oid izohlarni ko'rasiz. Biz bu haqda bir necha yillardan beri javraymiz, haligacha harakat yo'q. Hozir 2019 yil va biz orqaga qarab ketyapmiz.
Biz futbolchilar hamma uchun mazmunli va toza o'yin o'tkazish maqsadida birlashishimiz va bunga qarshi davo bilan chiqishimiz kerak", - deydi Lukaku.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar