Lukaku chorshanba kuni Milanga uchib boradi va "Inter" bilan shartnoma imzolaydi
26 iyu 2022 21:15
Yangiliklar


Lukaku chorshanba kuni Milanga uchib boradi va "Inter" bilan shartnoma imzolaydi
"Inter" kelasi hafta Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolashni yakunlamoqchi.
"CHelsi" hujumchisi Italiya klubiga ijara asosida qaytmoqda.
CHorshanba kuni u Milanga etib borib, tibbiy ko'rikdan o'tadi va "neradzurri" bilan shartnoma tuzadi.
Xabarlarga qaraganda, Lukaku "Inter"ga qaytish uchun maoshini 30 foizga, soliqlar to'langanidan keyin yiliga 10 million funtdan 7 million funtgacha qisqartirgan.
Belgiyalik futbolchi 2019 yildan 2021 yilgacha “Inter” safida to'p tepgan. U o'tgan yozda "CHelsi"ga 115 million evroga sotilgan edi.
29 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar