Luka Zgurskiy: "Bugun muxlislar ajoyib muhit yaratib berishdi"
10 mar 2024 19:01
Yangiliklar


Luka Zgurskiy: "Bugun muxlislar ajoyib muhit yaratib berishdi"
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Luka Zgurskiy jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Luka, "Andijon" safidagi birinchi g'alaba va ilk golingiz bilan tabriklaymiz. O'yin haqidagi fikringiz qanday?
- Yaxshi uchrashuv o'tkazdik. Jamoamiz muxlislari juda ajoyib muhit yaratib berishdi. Tribunalardagi muhit juda ajoyib edi, buning uchun muxlislarga rahmat aytaman.
- Jamoa bugungacha "Bunyodkor"ni mag'lub etmaganidan xabaringiz bormidi?
- Ha, albatta bu haqida bilardik. Bugun mana shu noxush ananani buza oldik, bundan xursandman.
- Kelgusidagi rejalaringiz qanday?
- Hozir "Andijon" futbolchisiman, jamoa g'alabalari uchun o'z hissamni qo'shmoqchiman. Jamoaga yaxshi moslashib ketdim, bu erdagi muhit alo darajada.
Nodirbek Abdullaev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar