So’nggi yangiliklar

10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  0 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  6 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   5

Luisma Ernandes: "Darvozabonlarning ko'rsatayotgan o'yinlaridan mamnunman" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Darvozabonlarning ko'rsatayotgan o'yinlaridan mamnunman"

Superliganing qollirilgan 5-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta o'yinning birinchi bo'limida nazoratga ega bo'ldik. Faqat ikkinchi bo'limda individual xatolar evaziga gollar qo'yib yubordik. Ikkinchi bo'limda bizda ham vaziyatlar bo'ldi, biroq foydalana olmadik.

- Amaldagi chempionga qarshi qanday uslubda o'ynashni rejalagan edingiz?

- Albatta "Paxtakor"ga qarshi biz himoyaviy va jipslashgan xolatdagi o'yin uslubini reja qilgan edik. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, yuqorida aytganimdek foydalana bilmadik. Bazi vaziyatlarda qisqa uzatmalar orqali ham o'yin tashkil etdik. 

"Paxtakor"ga qarshi o'yinda etakchi futbolchilarimizning yo'qligi yaqqol sezildi. Masalan, Aliqulov va Otaxonovlar maydonga tusha olmaganliklari jamoamiz o'yinining sifatli chiqmaganiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari Farrux Ibragimov ham jarohat oldi, shu sabab o'yin davomida himoya chizig'imiz bir oz kuchsizdek ko'rindi. Lekin "Paxtakor" ham O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri ekanini unutmaslik kerak. Ular bugun o'z ishlarini alo darajada bajarishdi. 

Bugungi o'yindan so'ng 2-3 kun dam olamiz. Keyin yana yig'inga kirishib transferlar oynasi vaqtida tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish ustida ishlaymiz.

- Darvozabonning o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?

- Albatta, yuqorida aytganimdek birinchi gol noqulay vaziyatda urildi. Ikkinchi gol esa yaqqol himoyachilarning xatosi evaziga yuzaga keldi. Umuman aytganda, darvozabonlarimiz ko'rsatayotgan o'yinlardan mamnunman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика