Luis Suares: "CHempionlar ligasi finali "Barselona" va "Real" o'rtasida bo'lishini his qilyapman"
04 may 2015 12:41
Yangiliklar


Luis Suares: "CHempionlar ligasi finali "Barselona" va "Real" o'rtasida bo'lishini his qilyapman"
"Barselona" va "Milan" sobiq yarim himoyachisi Luis Suaresning fikricha, Kataloniya jamoasi CHempionlar ligasi finaliga chiqa oladi.
"His-tuyg'ularim menga finalda "Barselona" va "Real" o'ynashini aytishyapti. Men o'ynagan vaqtlarda bu voqea bir necha marta sodir bo'lishi mumkin edi, ammo bu narsa yuz bermagan. O'ylashimcha, "Real" va "Barselona" raqiblaridan ustun. "Bavariya" kuchli bo'lishiga qaramasdan, ularda yo'qotishlar juda katta" - deydi Suares.
"Barselona" va "Bavariya" 6 va 12 may kunlari bellashishadi. Birinchi o'yin ispan grandi maydonida bo'lib o'tadi. "Real" va "Yuventus" uchrashuv esa 5 va 13 mayga rejalashtirilgan. Ushbu juftlikning birinchi o'yini "keksa sinora" stadionida bo'ladi.

Fikrlar