Luis Suares 19 daqiqa ichida xet-trik qayd etdi
10 noy 2023 10:28
Yangiliklar
Luis Suares 19 daqiqa ichida xet-trik qayd etdi
Braziliya A Seriyasi 33-turi doirasida "Gremio" safarda "Botafogo"ni (4:3) mag'lubiyatga uchratdi.
"Gremio" hujumchisi Luis Suares ushbu bahsda xet-trik qayd etdi. Uchta gol urish uchun urugvaylikka 19 daqiqa etarli bo'ldi. Forvard 50, 54 va 69-daqiqalarda to'pni raqib darvozasiga aniq yo'lladi.
Bu Suaresning "Gremio" safidagi ikkinchi xet-triki. Avvalgisi yanvar oyida klub safidagi debyut uchrashuvda yuz bergandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Fikrlar