Luis Enrike: "Roma" Italiya chempioni bo'lishiga umid qilaman"
05 avg 2015 11:10
Yangiliklar


Luis Enrike: "Roma" Italiya chempioni bo'lishiga umid qilaman"
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Roma"dagi faoliyatini yodga oldi.
Enrike 2011-2012 yilda rimliklarni boshqargan, Kataloniya klubi bugun Gamper Kubogi doirasida "Roma" bilan o'ynaydi.
"Roma"da katta tajribaga ega bo'ldim. Bu imkoniyat uchun klubdan minnatdorman. O'sha yil juda qiyin bo'lgan, ammo ko'plab xotiralar saqlanib qolgan. Muxlislar bizni yaxshi va yomon kunlarimizda qo'llab kelgan, shu sababli, "Roma"da faqat yaxshi narsalarni eslayman.
"Roma" skudettoni qo'lga kiritishi mumkin va bunga umid qilaman" - deydi Luis Enrike.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar