Luis Enrike: "Joriy mavsumda Rafinya maydonga tushadimi, yo'qmi, bilmayman"
10 fev 2016 15:49
Yangiliklar


Luis Enrike: "Joriy mavsumda Rafinya maydonga tushadimi, yo'qmi, bilmayman"
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrikening so'zlariga ko'ra, u jamoa yarim himoyachisi Rafinya Alkantaraning qachon safga qaytishini bilmaydi.
"Rafinya yana bir yarim yoki ikki oy davolanishi kerak. Joriy mavsumda u maydonga tushadimi, yo'qmi, bilmaymiz. Balki u kelasi mavsumda o'ynar. Bunday jarohatlar bilan shoshib bo'lmaydi. Asosiysi u jarohatidan to'liq qutilishi kerak" - deydi ko'k-anorranglilar ustozi.
Rafinya "Roma"ga qarshi CHempionlar ligasi bahsida (1:1) jarohat olgan edi.
O’xshash yangiliklar
08:21
Franciyada mavsumning eng yaxshilari aniqlandi. Ramziy termadan 9 nafar PSJ futbolchisi joy oldi 4

Fikrlar