Luis Enrike 16-turgacha Martinoga nisbatan ikki baravar ko'p ochko yo'qotdi
15 dek 2014 13:47
Yangiliklar


Luis Enrike 16-turgacha Martinoga nisbatan ikki baravar ko'p ochko yo'qotdi
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining Ispaniya chempionati 15-turidan keyingi statistik natijalari, o'tgan mavsumda kataloniyaliklarni boshqargan Martinonikidan salbiyroq.
Luis Enrike 15 turda 10 ochko yo'qotgan bo'lsa, hozirda Argentina bosh murabbiyi bo'lgan Martino faqat besh ochkodan mahrum bo'lgan. Demak Luis Enrikening natijalari ikki baravar yomon.
Hozirda "Barselona"ning barcha muxlislari ham o'z jamoasining o'yinidan ko'ngli to'q emas.
Ayni damda "ko'k-anorranglilar" turnir jadvalida 35 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab, "Real"dan 4 ochko ortda borishmoqda.

Fikrlar