Lui van Gal: Vest Bromvichdan qabul qilingan mag'lubiyat – og'ir zarba
07 mar 2016 09:30
Yangiliklar


Lui van Gal: Vest Bromvichdan qabul qilingan mag'lubiyat – og'ir zarba
Manchester Yunayted ustozi Lui van Gal APL 29-turidan o'rin olgan Vest Bromvichga qarshi o'yindan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Mata faoliyatida ilk bor qizil kartochka olganini aytdi. Besh daqiqa ichida ikkita sariq kartochka berilishi... Balki qoida bo'yicha barchasi to'g'ridir, ammo hakamlar buni qaysi futbolchi qilganiga ham etibor qilishsa yaxshi bo'lardi.
75 daqiqa kamchilik bo'lib o'ynadik. Gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo 10 kishi bo'lib 11 kishiga qarshi o'ynash doim og'ir.
Mag'lubiyat – og'ir zarba. Oxirgi 14 kunda beshinchi uchrashuvni o'tkazdik. Afsuski mag'lub bo'ldik.
Kuchli to'rtlikka kirish uchun yana qancha ochko kerak? 27 ochko kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar