Lui van Gal: "Nyukasl"ga qarshi o'yinda biz ustunlikka erishdik"
27 dek 2014 01:15
Yangiliklar


Lui van Gal: "Nyukasl"ga qarshi o'yinda biz ustunlikka erishdik"
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Lui van Gal "Nyukasl"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Biz butun o'yin davomida katta ustunlikka erishdik. Ikkinchi bo'limda futbolchilar "Tottenxem" bilan bo'ladigan o'yin haqida o'ylay boshladilar. Keraksiz joylarda to'p yo'qotishlar ko'p bo'ldi. Umuman olganda, jamoamizning ko'rsatgan o'yinidan ko'nglim to'ldi. Har o'yindan-o'yinga tobora yaxshi harakat qilmoqdamiz. Lekin xatolar ham yo'q emas.

Fikrlar